"Tottenxem" klubi sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino uzoq vaqt ishsiz qolmaydiganga o‘xshaydi. Argentinalik mutaxassis "Nyukasl"ni qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deya xabar tarqatdi "Daily Star".
"Qarg‘alar"ning yangi xo‘jayinlari Pochettino uchun 3 yilga mo‘ljallangan shartnoma tayyorlashmoqda. "Nyukasl" bosh murabbiyi lavozimiga, shuningdek, Massimiliano Allegrining nomzodi ham ko‘rib chiqilmoqda.