Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ahmedov, Qosimov, Fyodorov, Shomurodov... RPLda o‘ynagan markaziy osiyolik futbolchilar ramziy jamoasi

Ahmedov, Qosimov, Fyodorov, Shomurodov... RPLda o‘ynagan markaziy osiyolik futbolchilar ramziy jamoasi

Baho:
+1 | -

Sportbox.ru veb-sayti Markaziy Osiyo mamlakatlaridan tashrif buyurib, Rossiya premyer-ligasida o‘ynagan futbolchilardan ramziy jamoani tuzib chiqdi. E’tiborli tomoni, ushbu jamoaga O‘zbekistonning 7 fuqarosi, Tojikistonning ikki o‘yinchisi hamda Turkmaniston va Qozog‘istonning bir nafardan a’zolari kiritildi.

O‘zbekistonlik futbolchilar bilan tanishtirib o‘tishdan oldin shuni ta’kidlash lozimki, 2000-yillarning boshida O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilgan Polyakov, Pashinin va Maminov ham ushbu ramziy jamoadan o‘rin olgan. Aslida, Rossiya chempionatida o‘ynagan va ularning o‘rnini bemalol egallay oladigan sof o‘zbekistonlik futbolchilar bor edi. Ammo biz muallifning fikriga qo‘shilgan holda, ramziy jamoaga kiritilgan o‘zbekistonlik futbolchilar bilan tanishtirib o‘tamiz.

Darvozabon — Aleksey Polyakov
Markaziy Osiyo pasportiga ega bo‘lgan darvozabonlar orasida tanlov unchalik katta emas. O‘zbekiston terma jamoasidan Aleksey Polyakov, Andrey Manannikov — Tojikiston, Konstantin Ledovskix va Andrey Sidelnikov — Qozog‘iston.



Birinchisiga to‘xtalsak. Polyakov, qolganlardan farqli o‘laroq yuqori darajada ko‘proq o‘yin o‘tkazgan va u nisbatan durustroq jamoalarda o‘ynagan. Aleksey RPLda «Lokomotiv», «Krilya Sovetov», «Luch» va «Tom» klublari safida umumiy 130 marta maydonga tushgan. Qolaversa, milliy terma jamoa darvozasini 18 uchrashuvda qo‘riqlagan. Faoliyati davomida qo‘lga kiritgan sovrinlari ham kam emas. «Loko» bilan kumush va ikki bor bronza medali, Rossiya Kubogi va Superkubogi g‘olibi, samaraliklar safida bir marta bronza medali sohibi bo‘lgan.

Polyakovning afzalliklari nima bo‘lgan? Olimpiya darajasidagi xotirjamlik, yaxshi reaksiya va professionallik. Yulduz darajasiga chiqa olmagan bo‘lsa ham, maydon hamda uning tashqarisida ishonchli edi.

Markaziy himoyachi — Oleg Pashinin
«Lokomotiv» safida himoya markazida Pashinin kabi chidamli, joyni to‘g‘ri tanlaydigan va bosh bilan yaxshi o‘ynay oladigan futbolchi bo‘lgan. Rossiya chempionati g‘olibiga aylangan himoyachi 200dan ortiq o‘yinda «temiryo‘lchilar» sharafini himoya qilganini aytish kerak.

O‘ng qanot himoyachisi — Andrey Fyodorov
Andrey Fyodorov — «Rubin» va O‘zbekiston milliy terma jamoasi afsonasi. Chap qanot himoyachisi bo‘lganiga qaramay, himoyaning markazida ham o‘ynay olardi. U Rossiyaga borishidan oldin Farg‘onaning «Neftchi» klubi bilan e’tiborli natijalarga erishgan.



Fyodorov qanotlardan reydlar uyushtirish va hujumga o‘tishdan ko‘ra, qora ishlarni yaxshi bajargan. Qattiq va baquvvat futbolchi bo‘lgan. To‘pni olib qo‘yish va havodagi kurashlarda undan ustun kelish amrimahol edi. Biroz chaqqonroq bo‘lganida, hech bo‘lmasa Mario Fernandes kabi bo‘lishi mumkin edi.

Yana bir iste’dodli o‘zbekistonlik futbolchi — Vitaliy Denisov. O‘zbekiston klublarida o‘ynamagan, lekin terma jamoa safida 72 o‘yinda maydonga tushgan lateral hisoblanadi. Rossiyada faoliyatining cho‘qqiga chiqqan davri — «Lokomotiv»da o‘ynaganida kuzatilgan. 2017/2018 yilgi mavsumda moskvaliklar bilan RPL chempion bo‘lgandi.

Tayanch yarim himoyachisi — Vladimir Maminov
Tayanch zonani Vladimir Maminovga topshirishga qaror qildik. Butun faoliyatini Moskvaning «Lokomotiv» jamoasida o‘tkazgan Maminov mamlakat musobaqalarida yutish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarga erishgan. 16 mavsumda 397 o‘yinda qatnashib, 40 ta gol urgan sobiq yarim himoyachining natijasi chakki emas. Lekin, O‘zbekiston milliy terma jamoasida omadi kelmagan va bor-yo‘g‘i 12 ta o‘yin o‘tkazgan.

Chap qanot yarim himoyachisi — Odil Ahmedov
Yarim himoyaning chap qanotiga o‘zbek o‘g‘loni Odil Ahmedovni joylashtiramiz. Juda iqtidorli, aqlli va universal futbolchi. 2011-2013 yillarda «Anji»ning yulduzli tarkibida, keyinchalik «Krasnodar» safida o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Rossiyaning bu ikki klubida jami 211 o‘yinda qatnashgan Odil, 13 gol va 22 golli uzatma muallifiga aylandi.



O‘zbekiston milliy terma jamoadagi o‘yinlari soni — 102 o‘yin (20 gol). 2015 yildan beri jamoa sardori sifatida o‘ynab kelmoqda.

Ahmedov «Anji» va «Krasnodar» bilan bir martadan bronza medallariga ega chiqqan. 2017 yili esa Xitoyning «Shanxay SIPG» klubiga yo‘l oldi.

Hujumchilar ortida — Mirjalol Qosimov
O‘zbek futboli afsonalaridan biri Mirjalol Qosimov hujumchi ortida o‘ynagan amluada haqiqiy yetakchi hisoblangan. Uning nomi 1995 yilgi Rossiya chempioni «Alaniya» bilan yodga olinadi. Rossiyadagi o‘zining ilk mavsumida 64 o‘yinda 25 gol urib, ko‘plab hujumchilarga havas qilguli arzigulik natijani qayd etgan.

Qosimov to‘p bilan muomala qilish, paslarni yuqori san’at darajasiga olib chiqqan va jarima zarbalarining deyarli barchasini golga aylantira oladigan to‘p ustasi edi. Terma jamoada ham sardor, ham to‘purar bo‘lgani sir emas — 67 o‘yin, 31 gol.

Hujumchi — Eldor Shomurodov
Hujum chizig‘ida Eldor Shomurodovga teng keladigani hozircha yo‘q. Hamyurtimizga alohida tarif berish shart emasligini, uning o‘yinini ko‘rgan har bir tomoshabin to‘g‘ri tushunadi. Universal hujumchi. Bosh bilan yaxshi o‘ynaydi, himoyachilardan qochib ketish, golli vaziyatlarga chiqib borish va hal qiluvchi zarbalarda Eldorning ishlari a’lo darajada. «Rostov» va O‘zbekiston milliy terma jamoasi asosiy hujumchisi o‘z ishini qoyilmaqom bajarmoqda.



Mamlakat sharafini 43 o‘yinda himoya qilgan — 20 gol. Maydondan tashqari ham yoqimli, ham kamtar yigit.



Ayni paytda yuqorida sanab o‘tilgan futbolchilar nima bilan shug‘ullanishmoqda?

46 yoshli Polyakov yarim yildan beri «Torpedo» klubining darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlamoqda.

Pashinin o‘zining o‘ynagan klubi — «Lokomotiv» murabbiylar shtabida yaqinda jamoani tark etgan Yuriy Syomin yordamchi bo‘lib faoliyat ko‘rsatayotgandi.

49 yoshli Fyodorov Toshkentning «Lokomotiv"ini boshqarmoqda.

Maminov ham so‘nggi 10 yil umrini murabbiylikka bag‘ishladi va «Rubin», «Tyumen», «Lokomotiv», «Ximki» singari Rossiya klublarining murabbiylar shtabi tarkibida bo‘ldi. Hozirda ishsiz yuribdi. Lekin, salohiyatli mutaxassis tez orada o‘z ishini topishiga shubha yo‘q.

32 yoshli Ahmedov to‘rtinchi mavsumdirki, 2018 yilgi Xitoy chempioni — «Shanxay SIPG»da o‘ynamoqda. To‘g‘ri, uning oylik maoshi jamoadoshi Halknikidek bo‘lmasligi mumkin, ammo yiliga 5 mln yevro ham oz pul emas.

Qosimov Olmaliqning AGMK jamoasida bosh murabbiy bo‘lib ishlayapti.

Shomurodov, yuqorida keltirilganidek «Rostov» hujumchisi. Rahbariyat joriy yilning yanvar oyida u bilan kelishuvni 5 yilga uzaytirdi.

Nodir tayyorladi.

Kiritildi: 12:55, 27.05.2020.
O'qildi: 5035 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.