Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Adebayor «Paxtakor»dan qancha maosh so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Adebayor «Paxtakor»dan qancha maosh so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Paxtakor» klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze qishda jamoa jamoa safiga kelib qo‘shilgan Eren Derdiyok va Emmanuel Adebayorning o‘xshamay qolgan transferi haqida fikr bildirdi.

«Adebayor bilan dekabrda Londonda uchrashdik. Uni Toshkentga kelish va barchasini o‘z ko‘zi bilan ko‘rishga ko‘ndirdik. Axir faqat moliyaviy tomon emas, boshqa jihatlar muhim: yashash, mashg‘ulot va o‘yin o‘tkazadigan joy. Biroq oxir-oqibat kelishuv o‘xshamadi — u uzoq parvozlarni yoqtirmaydi, hatto biroz qo‘rqadi ham.

Adebayor yiliga 1,5 million yevro maosh so‘radi. Derdiyokniki undan bir necha barobar kam. Eren bilan yaxshi tanish bo‘lishimga qaramasdan uni ko‘ndirish qiyin bo‘ldi. Birinchi navbatda u oilasi haqida qayg‘urdi. Turkiyada so‘nggi vaqtlarda deyarli o‘ynamayotgan edi. Bunday sharoitda qaror qabul qilishing kerak: sen yoki futbolchisan yoki shunchaki pul topadigan biznesmen. U terma jamoaga qaytmoqchi, Yevropa chempionatlarida o‘ynashni istaydi. O‘ylashimcha, u «Paxtakor»ga o‘tib to‘g‘ri qildi: Osiyo Chempionlar Ligasi, yaxshi sharoit», — deydi Arveladze.

Derdiyok 2008—2017 yillar oralig‘ida Shveysariya terma jamoasida to‘p surgan. Klub miqyosida 31 yoshli forvard «Bazel», «Bayer», «Hoffenhaym», «Galatasaroy» va boshqa bir qator jamoalar libosini himoya qilgan. «Paxtakor»ga kelishdan avval u Turkiyaning «Go‘ztepe» klubida harakat qilayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Emmanuel Adebayor «Paxtakor»da paydo bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:02, 28.05.2020.
O'qildi: 15310 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик