«Tottenxem» bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoaga Filippe Koutinyoni taklif qilmoqchi emas.
"Marca" tarqatgan xabarga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis klub futbolchining 15 mln yevroga teng yillik maoshini ko‘tara olmasligini tushunib turibdi.
«Barselona» ham yuqori maosh tufayli Koutinyoni sotib yuborishni istamoqda. Boz ustiga, agar braziliyalik futbolchi "ko‘k-anorranglilar" safida yana 24ta o‘yinda maydonga tushsa, kataloniyaliklar «Liverpul» yana 20 mln yevro to‘lashlari kerak bo‘ladi.