Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

Qozog‘istonda o‘ynagan futbolchilarimiz ramziy jamoasi

Qozog‘istonda o‘ynagan futbolchilarimiz ramziy jamoasi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

O‘tgan mavsum Qozog‘iston chempionatida o‘ynash uchun birorta O‘zbekiston vakili qaydnomadan o‘tkazilmadi. Vaholanki, bundan 10-15 yil ilgari hamyurtlarimiz tarkibdan shunchaki joy olishmasdi, balki yetakchilik rolini bajarishardi.

Qozog‘iston futbolida iz qoldira olmaganlar ham bo‘lgan, ammo ko‘p o‘yinchilarimiz qo‘shni davlatda yuqori mahorat va ishga professional yondashuv sabab muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lishgan.

Qozog‘istonda o‘ynagan legionerlarimizdan ramziy jamoa 3-4-3 sxema asosida tuzildi. Bunga ikkita sabab bor. Birinchidan, Qozog‘iston matbuotining nazdida terma jamoamiz yuqoridagi joylashuvdan tez-tez foydalanib kelgan. Ikkinchidan, yarim himoya qa hujum chizig‘i o‘rtasidagi keskin raqobat tufayli xattoki, Kiyevning «Dinamo»si bilan olti karra Ukraina chempioni, Yevropa chempionlar ligasida gol urgan birinchi osiyolik futbolchi, va nihoyat O‘zbekiston milliy terma jamoasining eng yaxshi to‘purari Maksim Shaskih asosiy tarkibdan tushib qoldi.

Darvozabon:

Pavel Bugalo: 21.08.1974

Qozog‘istonda o‘ynagan klublari: «Jenis», «Jetisu», «Ordabasi»

Posbon Qozog‘iston chempionatiga borganida tajribali edi. U «Jenis» klubi bilan 27 yoshida shartnoma imzolagan. Poytaxt klubi tarkibida Qozog‘iston kubogi sohibi bo‘lib, keyin bir mavsum Taldiqo‘rg‘on va Chimkentda yaxshi o‘ynagan.

Himoyachilar:

Fevzi Davletov: 20.09.1972

Qozog‘istonda o‘ynagan klublari: «Irtish», «Jetisu», «Megasport»

Fevzi Davletov — Qozog‘iston chempionatida to‘p tepgan O‘zbekistonning eng yorqin vakillaridan biri. 2000 yillar boshlarida  «Irtish» o‘yini Davletovga qurilgan va bu yurish pavlodarliklarga ikki bor chempionlik unvonini olib bergandi. «Irtish»dagi faoliyatidan so‘ng himoyachi yana ikki Qozog‘iston klublarida o‘ynagan: «Jetisu» va  «Megasport». Keyin vataniga qaytib kelgan.

Spartak Murtazayev: 07.10.1977

Qozog‘istonda o‘ynagan klublari: «Ordabasi», «Yassi-Sayram», «Atirau»

Qozog‘iston terma jamoasi hujumchisi bilan familiyadosh bo‘lgan va noodatiy ismga ega bo‘lgan hamyurtimiz mahalliy chempionatda birorta sovrinni qo‘lga kirita olmagan. Ammo, uning o‘yinini Chimkentning «Ordabasi» jamoasi ishqibozlari iliq xotiralar bilan eslashadi.

Marat Kabayev: 27.05.1961

Qozog‘istonda o‘ynagan klublari: «Traktor», «Ansat», «Qaysar-Munay»

Badiiy gimnastika afsonasining otasi, Qozog‘istonda to‘p tepgan o‘zbekistonlik ilk qaldirg‘ochlardan biri Marat Kabayev 1991-1994 yillarda «Traktor»/«Ansat» (hozirgi «Irtish») jamoasiga birinchi chempionlikni qo‘lga kiritish uchun katta hissa qo‘shgan. Keyinchalik, Qizilordring «Qaysar-Munay» klubida bir mavsum (1997) o‘ynagan.

Yarim himoyachilar:

Oleg Sabirov: 13.03.1981

Qozog‘istonda o‘ynagan klublari: «Ordabasi», «Megasport», «Jetisu», «Tobol», «Aktobe», «Jetisu», «Vostok», «Atirau», «Sunkar»

«Paxtakor-79» bilan fojiali aviahalokatda halok bo‘lgan Vladimir Sabirovning o‘g‘li Chimkentda uzoq yillar o‘ynadi va Qozog‘iston fuqaroligini oldi. Lekin, bungacha Oleg O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi va ikki karra mamlakat chempioni bo‘lgan. Kichik Sabirov Qozog‘iston chempionatida ilk va oxirgi o‘ynagan klubi «Ordabasi» bo‘ldi. Bundan tashqari, yarim himoyachi sakkizta qozoq klublarida ham o‘ynagan. Eng katta muvaffaqiyatiga 2010 yilda «Tobol» safida erishgan — Qozog‘iston chempioni.

Viktor Karpenko: 07.09.1977

«Qayrat» klubida o‘ynagan

Chaqqon, chidamli va texnikaga ega xavbek Qozog‘iston klubida ikki to‘liq bo‘lmagan mavsum harakat qilgan. «Qayrat»ga kelgandan so‘ng qisqa vaqt ichida asosiy tarkib o‘yinchisiga aylanib, chempionatning bronza medalini qo‘lga kiritdi. Keyingi yili jamoasining to‘purar (8 gol) futbolchisi bo‘ldi.

Marat Bikmayev:  01.01.1986

 «Aktobe» klubida o‘ynagan

Marat Bikmayev «Aktobe» safiga kelganida juda boy tajribaga ega edi. Bunga qadar u O‘zbekistondan boshqa Rossiya premyer-ligasida ham faoliyat olib borgan. Qozog‘istonda u eng sermahsul yillarini o‘tkazdi. Ammo, «Tobol»ga qarshi uchrashuvda jiddiy jarohat olgani, klubini s bilan shartnomani uzaytirmaslikka olib keldi. Shunday bo‘lsa-da, Marat 2013 yil Qozog‘iston chempioni, undan avvalroq bronza medaliga ega chiqqandi.

Timur Kapadze: 05.09.1981

«Aktobe»da o‘ynagan

Hamyurti Bikmayev bilan bir vaqtda jamoaga kelgan Kapadze hamyurtidan bir mavsum ko‘p o‘ynadi. Timurning bisotida 2012 yil — bronza, 2013 yil — oltin medallaridan tashqari, 2014 yilda qo‘lga kiritilgan kumush medal va Qozog‘iston superkubogi g‘olibligi ham mavjud.

 

Hujumchilar:

Ulug‘bek Baqoyev: 28.11.1978

Qozog‘istonda o‘ynagan klublari: «Tobol», «Jetisu», «Irtish»

Ulug‘bek Baqoyev — qozoq futbolida so‘zsiz eng yaxshi legioner to‘purar futbolchi. 111 gol urgan o‘zbek o‘g‘loni Qozog‘istonda chempionati to‘purarlari tarixida 6-o‘rinni band etgan. Baqoyev qo‘shni yurtda barcha sovrinlarini «Tobol» safida qo‘lga kiritgan. 2007 yil mamlakat kubogi sohibi, 2010 yil Qozog‘iston chempioni bo‘lgani shular jumlasidan.

Jafar Irismetov: 23.08.1976

Qozog‘istonda o‘ynagan klublari: «Qayrat», «Olma-Ota», «Aktobe»

Irismetov Rossiida muvaffaqiyatli o‘tmagan faoliyatidan keyin Qozog‘istonga kelgan. U yerda «Qayrat» bilan oltin medalni, «Olma-Ota» bilan mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan.

Aleksandr Geynrix: 06.10.1984

Qozog‘istonda o‘ynagan klublari: «Aktobe», «Ordabasi»

Aleksandr Geynrix uch mamlakat chempioni sanaladi: O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston. Asli germaniyalik bo‘lgan futbolchi QPL-2013 da oltin medal va boshqa ikkita sovrin jamg‘armasini qo‘lga kiritgan, shuningdek Superkubokda hvm zafar quchgan. 2017 yilda farliyatini yakunlashidan oldin, Geynrix «Ordabasi» tarkibida bronza medaliga ega chiqqan.

Qaydnoma:

Sergey Zaxareskiy (darvozabon): 12.01.1977

Qozog‘istonda o‘ynagan klublari: «Alma-Ata», «Okjetpes»

Vladimir Umarov: 22.07.1979

Qozog‘istonda o‘ynagan klublari: «Taraz»

Andrey Vlasichev: 27.01.1981

Qozog‘istonda o‘ynagan klublari: «Ordabasi»

Yegor Gladkov: 17.02.1979

Qozog‘istonda o‘ynagan klublari: «Esil», «Okjetpes», «Jetisu», «Taraz»

Yorqin Nazarov: 11.10.1974

Qozog‘istonda o‘ynagan klublari: «Sintez», «Taraz», «Yassi», «Ordabasi»

Mixail Savochkin: 27.11.1979

Qozog‘istonda o‘ynagan klublari: «Taraz», «Gornyak»

Aleksandr Karsev: 01.04.1981

Qozog‘istonda o‘ynagan klublari: «Taraz»

Abduqaxxor Marifaliyev: 10.05.1971

Qozog‘istonda o‘ynagan klublari: «Esil-Bogatir»

Muxtor Qurbonov: 26.01.1975

Qozog‘istonda o‘ynagan klublari: «Qayrat», «Yassi», «Jetisu»

Farhod Mirsalimboyev: 15.10.1972

Qozog‘istonda o‘ynagan klublari:  «Taraz», «Esil-Bogatir», «Vostok»

Dilmurod Nazarov: 12.04.1976

Qozog‘istonda o‘ynagan klublari:  «Qaysar», «Taraz»

Sherzod Nazarov: 21.11.1979

Qozog‘istonda o‘ynagan klublari:  «Ordabasi»

Maksim Shaskix: 30.08.1978

Qozog‘istonda o‘ynagan klublari: «Lokomotiv»

 

Bosh murabbiy: Timur Kapadze

«Aktobe» sobiq yarim himoyachisi o‘zbek futbolida kelajagi porloq mutaxassislardan biri hisoblanadi. Timur Toxirovich milliy terma jamoa ustozi Vadim Abramov shtabiga kiritilgani bilan birga, yoshlar termasini boshqaradi.

Nodir Abdurasulov tayyorladi

Kiritildi: 10:22, 01.06.2020.
O'qildi: 3092 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.