Kirish Ro'yxatdan o'tish

“Andijon” ikki tarkib bo‘lingan holda nazorat uchrashuvini o‘tkazdi

“Andijon” ikki tarkib bo‘lingan holda nazorat uchrashuvini o‘tkazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabar berib o‘tganimizdek, karantin qoidalariga jiddiy amal qilib mashg‘ulotlarni boshlagan Viktor Kumikov boshchiligidagi “Andijon” jamoasi ikki tarkibga bo‘lingan holda o‘zaro nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

Unda Viktor Kumikov tarkibni quyidagicha tanladi:

“Ko‘klar”: Islom Abdullayev, Usmonali Ismonaliyev, Dmitro Zozulya, Xushnud Avilov, Azamat Isroilov, Jamshid Hasanov, Farhod Bekmuratov, Abdulloh Olimov, Muhammadaziz Ibrohimov, Siroj Meliyev, Artyom Litvyakov.

“Yashillar”: Arslan Axrorov, Asilbek Azizov, Nodir Mavlonov, Emmanuel Arivachukvu, Farhod Mirahmatov, Jahongir Abdumo‘minov, Baxtiyor Qosimov, Ibe Okoro, Doniyor Abdumannopov, Timur Usmanov, Muhammad Yo‘ldoshev.

Ushbu nazorat uchrashuvida “Ko‘klar” 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Kiritilgan gollarga Abdulloh Olimov va Farhod Bekmuratovlar mualliflik qilishdi.

Manba: Андижон матбуот хизмати
Kiritildi: 11:49, 01.06.2020.
O'qildi: 2536 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик