Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Kristal Pelas 2-0 Nyukasl
25/04 00:00 Man. Yunayted 4-2 Sheffild Yunayted
25/04 00:00 Everton 2-0 Liverpul
25/04 00:00 Monako 1-0 Lill
25/04 00:00 Marsel 2-2 Nissa
25/04 19:00 Qatar 2-4 Yaponiya
25/04 22:30 Janubiy Koreya 2-2 Indoneziya
25/04 23:00 Udineze 1-2 Roma
26/04 00:00 Brayton 0-4 Manchester Siti
26/04 16:00 Tailand - Tojikiston
26/04 19:00 O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni
26/04 19:00 O‘zbekiston - Eron
26/04 22:30 Iroq - Vyetnam
26/04 23:45 Frozinone - Salernitana
27/04 00:00 Monpelye - Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad - Real Madrid
27/04 16:30 Vest Xem - Liverpul
27/04 18:00 Lechche - Monsa
27/04 19:00 Man. Yunayted - Byornli
27/04 19:00 Vulverhempton - Luton
27/04 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
27/04 19:00 Nyukasl - Sheffild Yunayted
27/04 19:15 Almeriya - Xetafe
27/04 21:00 Yuventus - Milan
27/04 21:30 Everton - Brentford
27/04 21:30 Alaves - Selta
27/04 23:45 Lasio - Verona
28/04 00:00 Aston Villa - Chelsi
28/04 00:00 PSJ - Gavr
28/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Ronaldu va Messi davri tugamoqda. Yaqin 10 yillikning bosh yulduzi kim bo‘ladi?

Ronaldu va Messi davri tugamoqda. Yaqin 10 yillikning bosh yulduzi kim bo‘ladi?

Baho:
+ | -

So‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi futbolchilari, shubhasiz, Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi. Hech qaysi futbolchi ularga na mahorat bobida va na barqarorlik borasida teng kelish u yoqda tursin, hatto yaqinlasholmaydi. Biroq tan olish qanchalik og‘ir bo‘lmasin, vaqt hatto afsonalarni ham ayab o‘tirmaydi. Shunday ekan futbol ixlosmandlari bu ikki dahoning o‘rniga yangi o‘n yillik uchun boshqa bir kumirni aniqlab olishi kerak. Xo‘sh, bunday maqomga kim loyiq? Quyida aynan Ronaldu va Messining o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan (yosh) futbolchilar to‘g‘risida fikr yuritiladi.

Kilian Mbappe (PSJ, Fransiya)



Tug‘ilan sanasi: 1998 yil 20 dekabr
Ampluasi: hujumchi

Mbappe atigi 21 yoshda bo‘lishiga qaramay, Jahon Chempionatida g‘olib bo‘lishga va aql bovar qilmas statistikalarni qayd etishga ulgurdi. U o‘zining yorqin harakatlari, tezkorligi va dadilligi bilan deyarli dunyo futboli yulduziga aylandi. Ochig‘i, bu joyda boshqa birovni tasavvur qilish qiyin.

Aksariyat ekspertlar va sobiq futbolchilar Messi va Ronaldu faoliyatini yakunlagach, aynan Mbappe ularning o‘rnini egallashini ta’kidlamoqda.

Hozircha esa Mbappe PSJ uchun kamyob bo‘lgan – Chempionlar Ligasi kubogini qo‘lga kiritishga umid qilmoqda.

Joau Feliks («Atletiko», Portugaliya)



Tug‘ilgan sanasi: 1999 yil 10 noyabr
Ampluasi: hujumchi

«Atletiko» uchun rekord ko‘rsatkich – 126 million funtga tushgan 20 yoshli Feliks ancha shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi. Shuncha mablag‘ umumiy hisobda bor-yo‘g‘i 43 ta o‘yinda maydonga tushgan futbolchiga sarflangandi. Afsuski, uning Ispaniyadagi debyuti jarohatlar tufayli unchalik ham omadli chiqmadi. Buning ustiga u sevimli pozisiyasida o‘ynamayapti, ammo talabchan Diyego Simeone unga o‘zini ko‘rsatishi uchun ko‘proq imkoniyat bermoqda.

Feliksni Portugaliyada anchadan beri «yangi Ronaldu» deyishadi, shuningdek, Golden Boy mukofotiga sazovor bo‘lgani ham, uning porloq kelajagiga bo‘lgan ishonchni oshiradi. Umuman olganda iqtidorli hujumchi «Atletiko»da yomon o‘ynamayapti. Mbappe singari, u ham yangi o‘n yillikning yetakchi futbolchisi bo‘lishga majbur.

Jeydon Sancho («Borussiya Dortmund», Angliya)



Tug‘ilgan sanasi: 2000 yil 25 mart
Ampluasi: vinger

Sanchoning bu ro‘yxatdan o‘rin olishiga sabab, uning dortmundliklar safidagi ajoyib o‘yinlari. Yosh bo‘lishiga qaramay, u anchadan beri o‘zini xuddi kattalardek tutadi, gollar va assistlar...

Tengdoshlariga qaraganda birmuncha barqaror va sovuqqon o‘yin ko‘rsatib kelmoqda. Xullas, oldinda tayyor mahsulot turibdi.

Ansu Fati («Barselona», Ispaniya)



Tug‘ilgan sanasi: 2002 yil 31 oktyabr
Ampluasi: vinger

Tezkor, texnikasi yuqori va vaziyatlarni yaxshi yakunlaydigan 17 yoshli Ansu Fati kutilmaganda o‘zini «Barselona»da tanitdi. Uning hikoyasi Gollivud kinolarida bo‘lgani kabi hammasi juda ajoyib.

Gvineya-Bisaulik (G‘arbiy Afrikadagi davlat) muhojirning o‘g‘li Ansu Fati onasi va olti yoshli ukasi bilan Ispaniyaning Sevilya shahriga keladi. Iqtidorli bolakay 10 yoshida La-Masiyaga qabul qilinadi, 17 yoshida esa bir o‘yinda o‘z nomiga ham gol, ham assist yozdirib qo‘ygan eng yosh o‘yinchiga aylanadi. Shuningdek, u «ko‘k-anorranglilar»ning Chempionlar Ligasida maydonga tushgan eng yosh futbolchisi hisoblanadi. Uning o‘yin uslubi Messinikiga juda o‘xshash.

Katalon klubi bilan amaldagi shartnoma bo‘yicha uning tovon puli 170 million yevroga teng. Professional shartnoma imzolangach, miqdor 400 millionga ko‘tariladi.

Trent Aleksander-Arnold («Liverpul», Angliya)



Tug‘ilgan sanasi: 1998 yil 7 oktyabr
Ampluasi: o‘ng qanot himoyachisi

Ko‘pchilik hujumchilarning o‘yinini tomosha qilishni ma’qul ko‘radi, ammo 21 yoshli Aleksander-Arnold himoyadagi ishonchli o‘yinidan tashqari, uncha-muncha hujumchilarga ham dars berib qo‘yishi mumkin.

Aleksander-Arnold Chempionlar Ligasi g‘olibi hisoblanadi. Yaqin orada esa Angliya terma jamoasining asosiy himoyachisiga aylanadi. Uning Yevro–2020 ning yulduzi bo‘lishi kutilmoqda.

To‘p uzatishlar, kreativlik va golli vaziyatlarni yaratish qobiliyati – bularning barchasi Arnoldga jahon darajasidagi futbolchi bo‘lish imkonini beradi.

Kay Havers («Bayer», Germaniya)



Tug‘ilgan sanasi: 1999 yil 11 iyun
Ampluasi: yarim himoyachi

Kay Havers – Germaniya futbolida uzoq vaqtdan beri kutilayotgan iste’dodli futbolchi. U futbol intellekti yuqori bo‘lgan kamyob o‘yinchilardan biri. Havers 20 yoshida Bundesligada 100 dan ortiq bellashuvda maydonga tushdi. U hozirgacha rivojlanishda davom etmoqda, ehtimol, uning ochilishi uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘lar. Bu borada uni darhol ochilib ketmagan Kevin de Bryuyne bilan taqqoslash mumkin. Havers kelajakda maydon markazini to‘laligicha o‘zinikini qilib olishi mumkin. U uchun jamoani almashtirish vaqti keldi. Darvoqe, uni «Bavariya» o‘z safida ko‘rmoqchi.

Fil Foden («Manchester Siti», Angliya)



Tug‘ilgan sanasi: 2000 yil 28 may
Ampluasi: yarim himoyachi

Ushbu ro‘yxatga Fil Fodenni kiritmaslik adolatdan bo‘lmasdi. Filning iste’dodiga kelsak, u Premyer Ligadagi eng yaxshilaridan biri. U iloji boricha ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun harakat qilishi va shu bilan birga sabrli xam bo‘lishi kerak. Boisi «shaharliklar»ning asosiy tarkibidan joy olish unchalik ham oson ish emas. Agar u 21-22 yoshida doimiy ravishda maydonga tushmasa, boshqa klub izlashiga to‘g‘ri keladi. Ammo Fil hozirda ajoyib murabbiy bilan ishlamoqda, Kevin de Bryuyne, David Silva va Bernard Silvadan ko‘p narsalarni o‘rganmoqda. U Gvardiola bilan qancha uzoq ishlasa, o‘zi uchun foydadan xoli bo‘lmasdi.

Rodrigo («Real», Braziliya)



Tug‘ilgan sanasi: 2001 yil 9 yanvar
Ampluasi: Vinger

Uning mashhurlikka erishishi juda tez sodir bo‘ldi. «Osasuna»ga qarshi kechgan bahsda u maydonga tushishidan 94 soniya o‘tib, raqib darvozasini ishg‘ol qilishga erishadi. Shundan so‘ng ma’lum muddat o‘rinbosarlar jamoasida to‘p tepadi, keyinchalik Zidan uni asosiy jamoaga chaqiradi.

Ikki oyoqda ham bir xil o‘ynaydigan Rodrigo oldindan aytib bo‘lmaydigan harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadi. Intizomli va kamtar yigitcha mashg‘ulotlarda ham bor kuchini ishga soladi. Va jamoadagi tajribali sheriklaridan ko‘p narsalar olmoqda. O‘z navbatida «Real»da uni hurmat qilishadi.

Meyson Grinvud («Manchester Yunayted», Angliya)



Tug‘ilgan sanasi: 2001 yil 1 oktyabr
Ampluasi: hujumchi

Angliyaning yana bir iqtidorli futbolchilaridan biri Grinvud boshqalardan keskin farq qiladi. Yuqorida nomlari keltirilgan futbolchilarning aksariyati juda xomdek ko‘rinadi, biroq Grinvud haqida bunday deyish biroz mushkul. Sababi u allaqachon o‘zini yig‘ib olgan va dadil futbolchiga aylangan. Muhimi, gol urishni biladi. Uning jahon yulduziga aylanish imkoniyati yuqori baholanmoqda.

Dele Alli («Tottenhem», Angliya)



Tug‘ilgan sanasi:
1996 yil 11 aprel
Ampluasi: yarim himoyachi

Britaniyalik ekspertlarning fikricha, Dele Alli Joze Mourinyo qo‘l ostida yangi bosqichga ko‘tarilishi mumkin. O‘z vaqtida portugaliyalik mutaxassis Frenk Lempard bilan ham nimalardir qilgandi. Yangi mentalitet, yangicha yondashuv anchadan beri «o‘z» murabbiyini kutayotgan futbolchini o‘zgartira oladi. Joze avval ham bir necha bor o‘yinchilardan super yulduzlarni tayyor olgan, chunki u qolganlarga qaraganda talabchanroqdir.

Erling Holand («Borussiya Dortmund», Norvegiya)



Tug‘ilgan sanasi: 2000 yil 21 iyul
Ampluasi: hujumchi

«Borussiya» fantastik futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Boshqa hech narsa qo‘sholmayman», — degandi Ole-Gunnar Sulsher Holandning Dortmund klubiga o‘tishi haqida.

19 yoshli norvegiyalik forvard qishda Sulsherning asosiy transfer maqsadi edi, ammo uni «Old Trafford»ga olib kelish nasib etmadi. Futbolchining agenti Mino Rayola Pogbaning transferidan keyingi ziddiyatlardan so‘ng «qizil iblislar»ga boshqa futbolchi sotmasligini ma’lum qilgandi. Rayola o‘z so‘zida turdi – Holandni iste’dodi va potensialiga yarasha bo‘lmagan mablag‘ evaziga «Borussiya»ga sotib yubordi.

Holand esa yangi klubidagi dastlabki o‘yinlaridan boshlab ko‘pchilikning hayratiga sazovor bo‘ladi. «Augsburg»ga qarshi bahsda zaxiradan tushib, het-trik qayd etgan bo‘lsa, «Kyoln» bilan o‘yinda ham zaxiradan qo‘shilib, dublga erishadi. Shunday qilib, Holandga «Borussiya» safida beshta gol urishi uchun 61 daqiqa kifoya qildi. Agar u shu ruhda davom etsa, yaqin kelajakda Messi va Ronalduning gegemonligiga nuqta qo‘yishi mumkin.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:15, 01.06.2020.
O'qildi: 9965 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.