Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Avvalgi faoliyatida kamchiliklar kuzatilgan bir necha hakamlar jiddiy ogohlantirish oldi

Avvalgi faoliyatida kamchiliklar kuzatilgan bir necha hakamlar jiddiy ogohlantirish oldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan futbol mavsumining davom ettirilishiga qaratilgan tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Yaqin vaqt ichida start oladigan chempionat o‘yinlariga jamoalar bilan bir qatorda hakamlar ham qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishyapti. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov tomonidan o‘tkazilgan bo‘linmalar rahbarlari ishtirokidagi majlisda hakamlar masalasiga jiddiy eʼtibor qaratilib, yuqori talab qo‘yilgandi. Ana shu talablarni bajarish maqsadida hakamlar, nazoratchilar hamda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov va vitse-prezident maslahatchisi Rahmiddin Zikriyayev ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda hakamlik masalasiga tanqidiy munosabat bildirilib, muxlislarning futbolga bo‘lgan qiziqishini yana-da oshirishda hakamlarning professional darajada ishlashi juda muhim ekanligi taʼkidlandi. Superliganing bo‘lajak o‘yinlari oldidan referi va laynsmenlar halol hamda shaffof faoliyat olib borishi talab etildi. Har bir mutaxassis ishi O‘FA rahbariyati tomonidan jiddiy nazorat qilib boriladi. Yig‘ilishning o‘zida avvalgi faoliyatida kamchiliklar kuzatilgan bir necha hakamlar jiddiy ogohlantirish oldi. Chempionatimizda ishlaydigan hakamlardan o‘yinlarni professional va adolatli boshqarish talab etildi.

Shu bilan birga hakamlarning ishiga taʼsir qiluvchi holatlar, futbolchilar, murabbiylar va klublar rahbarlari tomonidan hakamlarga bosim o‘tkazish harakatlariga qarshi keskin choralar ko‘riladi. Superliga, Proliga va barcha ichki musobaqalarda faqatgina mahoratli va fidoiy referilarni saralab olish borasida ishlar amalga oshirilishi taʼkidlandi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 20:59, 02.06.2020.
O'qildi: 4592 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.