Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

42 yosh? Chinakam professional «qariyalar»ramziy jamoasi

42 yosh? Chinakam professional «qariyalar»ramziy jamoasi

Baho:
+ | -

Stadion.uz tengqurlarining 90 foizi allaqachon butsalarini mixga ilib yuborganiga bo‘lsa-da, kuchli beshlikda “javlon urayotgan” “qariya”lardan tashkil topgan ramziy jamoa bilan tanishtirib o‘tadi.

Yaqindagina futbolchilik faoliyatini yakunlagan ArisAduris sport formasini tiklab olish juda mushkul ekanligi uchun futboldan ketganini ma’lum qildi. Qariya hujumchi muxlislarga o‘z minnatdorchiligini bildirgancha, vaqtga taslim bo‘ldi. Xo‘sh, zamonaviy futbolda kimlar vaqt bilan munosib “olishib” kelmoqda? Bugun ana shunday futbolchilardan tashkil topgan jamoa bilan tanishtirib o‘tamiz.

Darvozabon.

Samir Handanovich (35 yosh)

Aslida, bu nuqtada Jiji Buffonni ko‘rishingiz mumkin edi, biroq u bugungi kunda Shchesnining soyasiga aylanib bormoqda. Handanovich esa 35 yoshda ham yuqori darajadagi futbol namoyish etishdan charchamayapti. Boz ustiga, Konte singari talabchan murabbiy ham Samirdan boshqa darvozabonni jamoasida ko‘rmoqchi emas. Bir so‘z bilan aytganda, Handanovich 35 yoshda ham sifatli kipper maqomini ushlab turibdi.

Alternativ variantlar: Janluidji Buffon («Yuventus», 42 yosh), Stiv Mandanda («Marsel», 35 yosh), Ben Foster («Uotford», 37 yosh).

Himoyachilar.

Bruno Alvesh (38 yosh)

Amaldagi Yevropa chempioni 38 yoshida ham himoyada bexato to‘p surib kelmoqda. “Parma” bilan “A Seriya”ni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazayotgan Alveshtez orada yangi shartnoma imzolashi hech gap emas. Gap shundaki, Italiya klubi Brunoning o‘yinlaridan to‘liq qoniqish hosil qilmoqda.

 

Xilton Da Silva (42 yosh)

Top-5 birinchiliklar doirasida to‘p surayotgan eng yoshi katta futbolchi bilan tanishing. Fransiyaning “Monpelye” futbolchisi bu mavsumda 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘yinlarning 87 foizini to‘liqo‘tkazdi. 42 yoshida kuchli beshlik talablariga javob berayotgan himoyachi oldida shlyapamizni yechmaslikning iloji yo‘q. Eng qizig‘ishundaki, Xilton yaqindagina klub bilan tuzilgan shartnomani yana bir yilga uzaytirdi. Endi u 43 yoshda ham “Monpelye”ning asosiy himoyachisi bo‘lishi hech gap emas.

 

Tiago Silva (35 yosh)

Bu nuqtada Fonte yoki Danteni joylashtirishimiz ham mumkin edi, biroq Silva ayni damda ularning barchasidan yaxshiroq sport formada. Silva PSJ sardori va klub yetakchisi. 35 yosh bo‘lishiga qaramay, uning transfer bozori chaqqon.

Alternativ variantlar:Fonte («Lill», 36 yosh), Shtefan Lixtshtayner («Augsburg», 36 yosh), Dante («Nissa», 36 yosh), Jorjo Kyellini («Yuventus», 35 yosh), Pablo Sabaleta («Vest Xem», 35 yosh).

Yarim himoyachilar.

Xoakin Sanches (38 yosh)

Aslida Xoakin butsalarini mixga ilishmaqsadida “Betis”ga qaytib kelgan edi, biroq biroz ushlanib qoladigan bo‘ldi. “Fiorentina”dagi omadli mavsumlardan so‘ng, futbolchi Ispaniyada ham o‘zini namoyish etishda davom etmoqda. 38 yoshida ham hujumda to‘p surayotgan Xoakinga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q. “Betis” ham undan qoniqmoqda. Shu sababli o‘rtadagi shartnomani 2021-yilga qadar uzaytirishga qaror qildi.

 

Fernandino (35 yosh)

“Manchester Siti”ning 7 mavsumdan beri asosiy futbolchisi sanalmish Fernandinyo ham 35 ni “urib qo‘ydi”. “Shaxtyor”da hujum ortida to‘p surgan futbolchi, Gvardiola qo‘l ostida markaziy himoyachi vazifasini o‘tab kelmoqda. Undagi universallik bois, klub braziliyalik futbolchiga yanvarda yana bir yillik shartnoma taklif etdi. Pepning aytishicha, Fernandinyoning yordamiga klub muhtoj.

 

Santi Kasorla (35 yosh)

“Sariq suvosti kemasi” Santini ortga qaytarganida, ko‘pchilik futbolchining tez orada futboldan ketishini taxmin qilgan bo‘lsa, ajab emas. Og‘ir jarohatlardan so‘ng ham katta futbolga qayta olgan yarim himoyachi 35 yoshda ham Ispaniyadagi himoyachilarning “tushiga kirib chiqishga” muvaffaq bo‘lmoqda.

 

Frank Riberi (37 yosh)

Robbendan farqli o‘laroq, Frank katta futbolda qolishga qaror qildi. Unga Rossiya klublaridan ajoyib takliflar kelib tushganiga qaramay, Italiyaga yo‘l oldi va “Fiorentina” futbolchisiga aylandi. 37 yoshli futbolchi allaqachon gol va assistlarni amalga oshirishni boshlab yuborgan.

Alternativ variantlar: Borxa Valero («Inter», 35 yosh), Franchesko Manyanelli («Sassuolo», 35 yosh), Marko Parolo («Lasio», 35 yosh), Makoto Xasebe («Ayntraxt», 36 yosh).

Hujumchilar. Fabio Kvalyarella (37 yosh)

“Sampdoriya” safida o‘tgan mavsumda to‘purarlik borasida Ronalduni ortda qoldirgan qariya hali-hamon shoular namoyish etishga qodir. Van Persi, Van Der Vart, De Rossi singari tengqurlari katta futboldan chiqib ketgan bir paytda, Fabio butun jamoani ortidan ergashtirmoqda. Bu mavsumda uning hisobida 9 ta gol va 2 ta assist mavjud.

Krishtianu Ronaldu (35 yosh)

Ronaldu futboldan hali-beri ketmoqchi emas. U o‘z o‘g‘li bilan maydonda to‘p surish niyatida. Krish futbol olamidagi eng mashhur shaxslardan biri. Shu sababli, uning klub tarkibida bo‘lishining o‘zi ham istalgan jamoa uchun plyus. Shunday ekan, Ronaldu o‘zi aytganidek 40 yoshda ham futbol o‘ynaydi shekilli, yana kim biladi deysiz?!

Zlatan Ibrahimovich (38 yosh)

Zlatan “Milan” bilan shartnomani uzaytirishi yoki ketishi borasidagi savol ochiqligicha qolmoqda, biroq uning futboldan ketmasligi aniq. Ibra kamida yana ikki mavsum barchani xursand qilishga qodir. Uning jismoniy holati kishini quvontiradi. U singari futbolchilarning o‘yinidan zavq olish imkoniyati bor ekan, bundan unumli foydalanib qolish lozim.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:35, 02.06.2020.
O'qildi: 10542 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.