Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Pro liga formati o‘zgaradi

Pro liga formati o‘zgaradi

Baho:
+ | -

O‘zPFL rejasiga ko‘ra Pro liga klublari 2020 yilgi mavsumda 28 turdan iborat to‘rt davra o‘yinlarida ishtirok etishi kerak edi. Pandemiya sabab yuzaga kelgan tanaffus hamda jamoalarning moddiy holatidan kelib chiqib, musobaqa formati o‘zgaradi. 

Pro liganing sakkkiz klubi avvaliga 14 turdan iborat uy-safar tizimida kuch sinashadi. Keyinchalik dastlabki to‘rt o‘rin egalari alohida va quyi to‘rt o‘rin egalari alohida yana ikki davra — jami 6 ta o‘yinda ishtirok etadi. Shunda Pro liganing barcha klubi mavsum yakuniga qadar umumiy 20 ta tur uchrashuvida qatnashadi. Bunda jamoalar jamg‘argan ochkolar saqlanib qoladi. 

Sir emaski, Pro liga g‘olibi Coca-Cola Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Liganing ikkinchi jamoasi o‘tish o‘yinida Superliganing 13-klubini o‘z uyida qabul qiladi.  

Mazkur liganing sakkiz klubi, shuningdek, O‘zbekiston Coca-Cola kubogi yo‘lida ham kurash olib borish imkoniyatiga ega. Ular kubokning saralash bosqichida qatnashadi. Saralash o‘yinlari Pro liga uchrashuvlaridan avval bo‘lib o‘tadi. Qur’a sakkiz jamoani to‘rt juftlikka ajratib beradi. Ikkinchi bosqichga yo‘l olgan to‘rt jamoa yana ikki juftlik hosil qiladi. G‘oliblar Coca-Cola Superliganing 14 klubiga qo‘shilib, kubokning guruh bosqichiga yo‘llanma oladi. 

Saralashning har ikki bosqichida ham o‘yinlar faqat bitta bo‘ladi. Mezbon jamoa nomiga qur’a oydinlik kiritib beradi. Birinchi bosqichni o‘z uyida (yoki safarda) o‘tkazgan g‘olib ikkinchi bosqichda safarga jo‘naydi (yoki mezbon bo‘ladi). G‘olibning har ikkisi ham uyida o‘ynagan bo‘lsa (yoki safarda), birinchi bosqich qur’asida birinchi bo‘lib savatdan tortilgan jamoa o‘z-o‘zidan mezbonga aylanadi (yoki aksincha). Uchrashuvlarning asosiy vaqtida g‘olib aniqlanmasa, darhol penaltilar seriyasiga navbat beriladi. Bunga sabab, klublar ancha vaqt mashg‘ulot o‘tkazmagan, qolaversa, havo harorati ko‘tarilishda davom etyapti. Coca-Cola O‘zbekiston kubogining guruh bosqichidan keyingi chorak final, yarim final va final o‘yinlarida esa 120 daqiqalik qoida amalda bo‘ladi. 

Kubokning saralash uchrashuvlari sanasi hamda Pro liga o‘yinlarining taqvimi tez orada rasman e’lon qilinadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 20:10, 04.06.2020.
O'qildi: 2920 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.