Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

AGMK nazorat o‘yinida yirik hisobda g‘alaba qozondi

AGMK nazorat o‘yinida yirik hisobda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Superliga restartiga taraddud ko‘rayotgan AGMK jamosi jismoniy holatini maromga keltirish barobarida o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun bugun Pro-liga ishtirokchisi "Rubin"ga qarshi nazorat bellashuvida maydonga tushdi.

Uchrashuvda jami 9ta gol, bir chetlatish va ikkita penalti bo‘ldi. E’tiborlisi, har ikkala penalti AGMK darvozasi tomon belgilandi va chetlatish ham aynan AGMK himoyachisi Bobur Yo‘ldoshev bilan ruy berdi.

Dastlabki bo‘limda olmaliqliklar raqib darvozasiga uchta gol urgan bo‘lsa, tanaffusdan keyin yana 4 marotaba darvoza to‘riga to‘p kiritildi. "Rubin" esa bir marotaba penaltidan gol urgan, ikkinchisi o‘yin payti ruy berdi. Birinchi taymda AGMK darvozasini qo‘riqlagan Roman Abdulov penaltini qaytargan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda raqib jamoa Valijon Rahimov qo‘riqlagan darvozani "nuqta"dan ishg‘ol etdi.

AGMK gollariga to‘rt nafar futbolchi mualliflik qildi. Mate Vatsadze xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Shahzod Nurmatov dublga erishdi, yana bittadan golga Arslonmirat Amanov va Erkin Baydullayev mualliflik qilishdi.

Nazorat o‘yini.

5 iyun, juma.

AGMK - "Rubin" 7:2

Gollar: Mate Vatsadze (3ta), Shahzod Nurmatov (2ta), Arslonmirat Amanov, Erkin Baydullayev.

AGMK — Roman Abdulov - Mirg‘iyos Sulaymonov, Dilshod Jo‘rayev, Bobur Yo‘ldoshev, Sheroz Jalolov - Erkin Baydullayev, Jasur Umarov, Shahzod Nurmatov - Arslonmirat Amanov, Mate Vatsadze, Hojimat Erkinov.
Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar: Valijon Rahimov, Saydullo Toshpo‘latov.
Chetlatish: Bobur Yo‘ldoshev.

AGMK ertaga ham nazorat o‘yinida "Lokomotiv"ga qarshi maydonga tushishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 21:41, 05.06.2020.
O'qildi: 2427 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик