Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

APLda saqlanib turgan intrigalar

APLda saqlanib turgan intrigalar

Baho:
+ | -

Stadion.uz APLning so‘nggi choragida saqlanib qolgan intrigalar bilan qisqacha tanishtirib o‘tadi.

APL bahslari iyun oyida qayta start olishidan xabaringiz bor. Bir qarashda oltin medallar masalasi hal etilgan bo‘lishi mumkin, biroq eng tomoshabop chempionatda intrigani saqlab turgan ayrim jihatlar saqlanib turibdi.

“Liverpul” nechta rekordni o‘rnatishi mumkin?

Allaqachon “Liverpul”ning chempion bo‘lishi borasidagi savollar kun tartibidan olib tashlangan. Endilikda, Klopp shogirdlarining qanday rekordlarni yangilashlari borasida bahs ketmoqda. Klub barchadan avvalroq chempionlikni qo‘lga kiritish borasida “Manchester Yunayted” o‘rnatganrekordni yangilay olmasligi aniq bo‘lib ulgurdi. Shunday bo‘lsada, Klopp APL tarixida barchadan ko‘proq ochko jamg‘arib chempionlikni qo‘lga kiritgan jamoaning murabbiyi bo‘lishi mumkin. Bu boradagi rekord 100 ochko bo‘lib, u “Siti”ga tegishli. Shunga qaramay, agar “Liverpul” o‘z o‘yinlarining barchasida g‘alaba qozonsa, yakunda 109 ochko bilan chempionlik poygasini yakunlashi va mutlaq rekord qayd etishi mumkin.

“Oltin butsa”

Bu borada kurash katta ehtimol bilan Jeymi Vardi (“Lester”, 19 ta gol) va Pyer-Emerik Obameyang (“Arsenal” 17 ta gol) o‘rtasida kechishi turgan gap. Shunday bo‘lsada, Saloh (“Liverpul”, 16 ta gol) va Aguero (“Manchester Siti”, 16 ta gol)ni ham safdan chiqarishga hali erta. Bu shovvozlar istalgan uchrashuvni o‘z benifisiga aylantirishi va “oltin butsa” uchun poygada ilgarilab ketishi mumkin. Hatto Sadio Mane (“Liverpul”, 14 ta gol) va TemmiAbraham (“Chelsi”, 13 ta gol) ham so‘nggi turlarga qadar “oltin butsa”ni qo‘lga kiritish uchun kurash olib borishi turgan gap. Umuman olganda, bu masala ochiqligicha qolmoqda.

“Oltin qo‘lqop”

APLning eng yaxshi darvozaboni nomini aniqlab olish ham oson bo‘lmasligi aniq. E’tibor qarating, mavsum davomida naqd 8 ta darvozabon 9-11 ta o‘yinda o‘z darvozasidan gol olib chiqmagan. Din Henderson, Rui Patrisio, Nik Poup, Ben Foster va David De Xeada 8 ta quruq o‘yin mavjud bo‘lsa-da, “oltin qo‘lqop” uchun asosiy da’vogar Alisson bo‘lib turibdi. Agar u bu mavsumda ham sovringa ega chiqsa, qatorasiga ikki bor sovrinni o‘zinikiga qilgan 3-darvozabonga (Xart va Pepe Reynadan so‘ng) aylanadi.

Kim musobaqani tark etadi?

So‘nggi 6 ta o‘rinni egallab turgan APL klublarini 8 ochko ajratib turibdi xolos.«Brayton», «Aston Villa», «Norvich», «Vest Xem», «Uotford» va «Bornmut» klublaridan 3 tasida musobaqada qolishi, qolgan 3 ta klub unitark etishi kerak. Xo‘sh, bu borada qaysi jamoa omadliroq bo‘lib chiqadi? Hatto “Norvich” ham so‘nggi turlarda “mo‘’jiza” namoyish etishi va elitada jon saqlab qolishi mumkin. Ayniqsa, yuzaga kelgan pauzadan so‘ng, barcha klublar deyarli bir hil imkoniyatga ega. Bunday vaziyatda APLda jon saqlab qolish chinakam “boltachopqi”ga aylanib ketishi kutilmoqda.

Yevrokuboklarga kim yo‘l oladi?

Ayni damda, “Liverpul” va “Manchester Siti” YECHLda ishtirok etishni deyarli o‘zi uchun naqd qilib qo‘ydi. “Lester” ham o‘zidan pastdagi klublardan 8 ochkoga ilgarilab ketgan, biroq mavsum qayta ishga tushgach barchasi umuman o‘zgacha ko‘rinish olishi hech gap emas. Misol uchun, “Shalke 04” Bundesliga startiga qadar kuchli to‘rtlikda borayotgan edi. Restartdan so‘ng qabul qilingan 4 ta mag‘lubiyat klubni 10-o‘ringa tushirib yubordi. APLda ham YECHL uchun imkoniyat deyarli barcha klubda bir xil. 4-o‘rindagi “Chelsi” (48 ochko), 5-o‘rindagi “Manchester Yunayted” (45 ochko), “Sheffild Yunayted” (43 ochko) singari jamoalar ham mavsumning qayta ishga tushishidan unumli foydalanishi mumkin. Agarda, “Siti” UEFA tomonidan jazolansa, 5-o‘rin egasi ham kelasi mavsumda Yevrokubok ishtirokchisi bo‘ladi. Shunday ekan, so‘nggi turlarga qadar kuchli beshlikka kirish uchun kurash ayovsiz kechishi aniq.

“Nyukasl” yangicha ko‘rinish oladimi?

“Nyukasl”ning 300 million funt evaziga sotilishi va 1-iyundan klub yangi boshqaruv ostiga o‘tishi haqidagi ma’lumoti tobora mavhumlashib bormoqda. Xo‘sh, qachon Maykl Eshli klub muxlislarining orzusini amalga oshirgancha o‘z postini tashlab ketadi? Bu savol tobora muhokama uchun asosiy mavzu bo‘lib bormoqda. Ko‘plab futbol ekspertlari klubning mavsumning so‘nggi choragiga yangi rahbar bilan kelishini taxmin qilgan edi. Endi vaziyat qanday ko‘rinish oladi?

Pogba endi yetakchi emas?! Bruno uni almashtira oladimi?

Ole-Gunar Sulsher yozda birinchi bor Pogba va Brunolarni bir vaqtda maydonga tushirish imkoniga ega. Murabbiy bunday kalibrdagi futbolchilar bir paytning o‘zida maydonda bo‘lishi katta naf keltirishi haqida ko‘p bor ta’kidlab o‘tdi. Pogba va Bruno uchun maydonda bir vaqtning o‘zida joy hozirlash tashqaridan qaraganchalik oson ish emas. O‘z vaqtida Jerrard va Lempard singari top yarim himoyachilar Angliya terma jamoasida birga to‘p sura olmagan. Bruno va Pogba borasida ham shunday xolat kuzatilishi mumkin. Umuman olganda, mavsum davom ettirilsa, APL muxlislarining nigohi Pogba-Fernandesh tandemining effektiga qaratilishi turgan gap.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 06:23, 06.06.2020.
O'qildi: 5404 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.