Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Baxtiyor Ashurmatov: «Bugungi uchrashuv biz uchun foydali bo‘ldi»

Baxtiyor Ashurmatov: «Bugungi uchrashuv biz uchun foydali bo‘ldi»

Baho:
+ | -

“Qo‘qon-1912” – “Navbahor” o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Uch oyning ichida birinchi marta jiddiy raqib bilan uchrashdik. Shu bois bahs juda qiziqarli bo‘ldi. Birinchi bo‘limda "Navbahor" qarshi hujumlarda  bir qator imkoniyatlar yuzaga keldi. Murabbiy sifatida aytishim mumkinki, birinchi bo‘limda biz o‘zimiz xohlagan narsani ololmadik. “Navbahor” ham “Nasaf” bilan bo‘ladigan safardagi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rayotgani uchun asosan qarshi hujumlarga tayanib to‘p surdi. Biz ham birinchi taymda qarshi hujum taktikasini tanlagandik va o‘z darvozamizga yaqinroq o‘ynashni maqsad qilgandik. Lekin afsuski raqibimiz ham mehmondagi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rayotgani uchun orqaroqqa o‘ynashdi natijada o‘ylagan maqsadimizga erisha olmadik.

Ikkinchi bo‘limda nisbatan yaxshiroq o‘ynadik va g‘alaba qozondik. Bu o‘rtoqlik uchrashuvdagi g‘alaba hech narsani anglatmasligi mumkin. Lekin biz murabbiylar kamchiliklarga umuman olganda, ko‘p narsalarga oydinlik kiritishga muvaffaq bo‘ldik. Kimning necha daqiqa o‘ynay olishi mumkinligini borasida savollarga ham javob topdik. Bugungi uchrashuv biz uchun foydali bo‘ldi.

Uchta o‘yindan beri ikki nafar hujumchi bilan o‘ynayotgandik. Rayevas oxirgi mashg‘ulotda biroz jarohat olgandi. Shuning uchun Bamba ikkinchi hujumchi vazifasini bajardi.  Biz unga birinchi bo‘limda  yuqoriroq o‘ynash lozimligini ta’kidlagandik. Ikkinchi bo‘limda esa legionerimizga ko‘proq Azim Ahmedovga qarshi o‘ynashga va imkoniyat bo‘lishi bilan hujumchilarga yordam berishga ko‘rsatma bergandik. Bu yerda u tezkor hujumchimiz Shohnazar Norbekovni to‘p bilan ta’minlashi lozim edi. Bamba ikkinchi bo‘limda qarshi hujumlarda yaxshiroq o‘ynadi", — dedi Baxtiyor Ashurmatov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 00:08, 07.06.2020.
O'qildi: 2953 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.