Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

«Arsenal» yirik hisobda g‘alaba qozondi

«Arsenal» yirik hisobda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

APLning restartiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Londonning "Arsenal" klubi «Emireyts» stadionida "Charlton" klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Ushbu o‘rtoqlik uchrashuvida Mikel Arteta shogirdlari Chempionship vakillarini ayab o‘tirishmadi - 6:0

Birinchi bo‘limda Pyer-Emerik Obameyang va Aleksandr Lyakazettlar raqib darvozasini bir martadan ishg‘ol etishdi. Ikkinchi bo‘limda esa Eddi Nketia raqib darvozasini uch marotaba ishg‘ol etib, xet-trik qayd etdi. Uchrashuvdagi so‘nggi golni esa Djo Uillok kiritdi.

"Arsenal" uchrashuvni quyidagi tarkib bilan o‘tkazdi: Leno - Belyerin, Mustafi, Luiz, Tirni - Genduzi, Meytlend-Naylz - Nelson, Ozil, Obameyang - Lyakazett.

"Kanonirlar" chempionat startigacha bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlarni o‘tkazishni rejalashtirmoqda. 17 iyun kuni Arteta shogirdlari APL doirasida «Manchester Siti» klubiga qarshi rasmiy uchrashuvda maydonga tushadi.

Kiritildi: 12:05, 07.06.2020.
O'qildi: 5760 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик