Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Superliga restarti yaqin! So‘nggi kunlarning eng muhim xabarlari

Superliga restarti yaqin! So‘nggi kunlarning eng muhim xabarlari

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Go‘yoki, bir joyga uzoq vaqt to‘plangan suv to‘g‘onni buzib, o‘z yo‘lida katta tezlik bilan davom etgandek.  Har kuni 2ta, 3ta yangi va muhim xabarlar chiqmoqda. Biz ularni jamlab, tasniflab chiqdik.

Tayinlovlar:

- "Andijon" jamoasini Viktor Kumikov qabul qilib oldi. Rossiyalik mutaxassis oldiga jamoani tezroq xavfli hududdan olib chiqib ketish vazifasi qo‘yilgan.

-  "Qizilqum"da ham murabbiy o‘zgardi. Hamidjon Aktamov jamoa bosh murabbiyligidan ketgani borasida gap-so‘zlar yurgandi. "Qizilqum" PFK prezidenti Hasan Ro‘ziyevning bizga maʼlum qilishicha, jamoa Aleksandr Xomyakov bilan muzokara olib borgan. Ammo Xomyakov maʼlum vaqt taʼtilga chiqishini aytgan. Shundan so‘ng, turkmanistonlik mutaxassis Tachmurod Agamurodov bilan kelishuvga erishilgan. "Qizilqum"da ham jadvaldagi ahvoli yaxshi emas.

-  "Buxoro" FKda rahbariyat o‘zgardi. "Buxoro" futbol klubining yangi bosh direktori etib futbol sohasida ko‘p yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan Rustamov Alisher Hikmatovich etib tayinlandi. Maʼlumot o‘rnida, Alisher Hikmatovich, 2016 yil "Buxoro" futbol klubi direktori (o‘sha mavsum jamoa 4-o‘rinni egallagan) vazifasida faoliyat yuritgan, 2019 yil "Surxon" futbol klubi bosh direktori o‘rinbosari lavozimida, hozirga qadar esa "Paxtakor" jamoasi marketing bo‘limida faoliyat olib borgan.

O‘rtoqlik o‘yinlari

Superliga jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushishmoqda. Bu uzoq vaqt o‘yin amaliyotisiz qolgan futbolchilar uchun to‘p va maydonni his qilishlari uchun juda muhim.

- Nazorat o‘yini. "Lokomotiv" — AGMK 0:1.

Gol: Mirjamol Qosimov (40)

- Superliga restartiga Yangiyer shahrida tayyorgarlik ko‘rayotgan Viktor Kumikov boshchiligidagi "Andijon" jamoasi kecha birinchi liga vakili "Neftgazmontaj" klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. "Andijon" safida kiritilgan gollarga Abdulloh Olimov, Farhod Bekmuratov va Baxtiyor Qosimovlar mualliflik qilishdi.

- Nazorat uchrashuvi. "Nasaf" – "Sho‘rtan" 2:1 (2:1). 06.06.2020 y. "Markaziy" stadion.

Gollar: Bobir Abduxoliqov (15), Marko Stanoyevich (27) – Shokir YO‘ldoshev (23)

- O‘rtoqlik uchrashuvi. "Qo‘qon-1912" – "Navbahor" – 2:1 (0:1).

Gollar: Shohnazar Norbekov (48), Avaz Mamatxo‘jayev (78). - Abbos G‘ulomov (25).

Superliganing qolgan jamoalari ham yig‘in va nazorat bahslarida maydonga tushishmoqda.

Yana bir holat, katta tanaffusdan keyin mashg‘ulotlarga kirishgan futbolchilarda kutilmagan jarohatlar ko‘paygan. Bu kutilgandi. Vaqt o‘tishi bilan barchasi joyiga tushib ketishi shubhasiz.

Asosiy masala chempionatni boshlab olish. Bu yo‘lda tashkilotchilarga omad tilaymiz, futbolchi va murabbiylardan esa karantir qoidalariga rioya qilib, masofani saqlab, ehtiyotkor bo‘lishlarini so‘rab qolardik. Sababi, barchasi  ularga bog‘liq. Juda katta vaqt futbolsiz yashadik. Kichik xato yana bu sanani ortga surib yuborishi mumkin. Siz ham o‘zingizni asrang!!!

Zuxriddin Qilichev

Kiritildi: 14:11, 07.06.2020.
O'qildi: 4363 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик