Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese - Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Arshavin "Barselona" futbolchisiga aylanishi mumkin bo‘lganligini bilasizmi?

Arshavin "Barselona" futbolchisiga aylanishi mumkin bo‘lganligini bilasizmi?

Baho:
+ | -

Rossiyalik futbol agenti Dmitriy Selyuk Andrey Arshavin Kataloniyaning «Barselona» klubiga o‘tishga yaqin kelganini so‘zlab berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masalani «Gazprom» rahbari Aleksey Miller hal qilgan. Yakunda Arshavin «Barselona»ga emas, Londonning «Arsenal» klubiga ko‘chib o‘tgandi.

«Rasmiy taklif yuborilishidan bir kun avval men Arshavinga qo‘ng‘iroq qildim. O‘shanda Laporta («Barselona»ning o‘sha paytdagi prezidenti) bilan birga o‘tirgandik va Arvashinga qo‘ng‘iroq qilishga qaror qildik. Arvashin qo‘ng‘iroqqa javob berganidan keyin, men telefonni Laportaga berdim va ular o‘zaro suhbatlashdi.

Laporta Andreydan «Barselona»da o‘ynash xohishi bor yoki yo‘qligini so‘radi, bunga esa Arvashin ijobiy javob qaytardi. Shundan so‘ng, transfer jarayoni boshlandi. «Barselona» Andreyga besh yillik shartnoma taklif qildi. U hatto «Arsenal»dagi maoshidan ham ko‘proq mablag‘ olishi mumkin edi.

Hammasini Miller to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal qildi. Arshavin o‘sha paytda Rossiya terma jamoasi va «Zenit» klubining ramzi edi. Tan olib kerak, Miller «Barselona»ga Arshavinni Messiga almashtirish niyatida ekanligi bilan chiroyli javob qaytardi. Arshavin o‘sha paytda «Zenit» uchun «Barselona»ning Messisidek muhim edi. "Barselona"ning yuborgan taklifiga «Zenit» klubi ikki kundan keyin javob qaytardi va shunday so‘ng, ushbu bitim amalga oshmasligi oydek ravshan bo‘lib qolgandi.

Andreyni umuman sotishni xohlashmagandi. Gap pulda emasdi. Biroq, oradan olti oy o‘tgach, Arshavinni 18 million yevro evaziga «Arsenal»ga sotib yuborishdi.

Bu prinsipial tarix edi. O‘ylaymanki, «Zenit»dagilar keyinchalik afsuslanishga. Bolalikdagi orzusini amalga oshmaganidan keyin, Arshavin motivasiyani yo‘qotdi va keyingi olti oyda unchalik yaxshi o‘ynamadi.

Agar Arshavinni «Barselona»ga qo‘yib yuborishganida, u Rossiya tarixidagi eng yaxshi futbolchi bo‘lardi. U «Barselona» qator sovrinlarni qo‘lga kiritishi mumkin edi», - dedi Selyuk Rossiya matbuotiga.

Kiritildi: 16:24, 07.06.2020.
O'qildi: 5286 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.