Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Ganadagi “Inter” yoki Gondurasning “Real Madrid” jamoasi haqida eshitganmisiz?

Ganadagi “Inter” yoki Gondurasning “Real Madrid” jamoasi haqida eshitganmisiz?

Baho:
+ | -

Stadion.uz taniqli klublarning "adashlari" bilan tanishtirib o‘tadi.

“Inter” deyarli barcha qit’ada bor

Afrika qit’asining eng nomdor terma jamoasi sifatida mashxur Gana birinchiligida “Inter Elays” klubi bir necha yillardan beri muvaffaqiyatli to‘p surib kelmoqda. Devid Bekhem ham uzoq muzokaralardan so‘ng, o‘z klubi uchun aynan “Inter Mayami” nomini tanlagani bejizga emas. Sababi, bu nom tezda yodda qoladi. Shuningdek, Avtsraliyada ham “Inter” nomi berilgan klub mavjud. Bir yo‘la ikkita edi, biroq yaqindagina ulardan biri rasman tugatildi va endi “kengrular yurtida” faqat bitta “Inter” klubi mavjud. Milanning “Inter” klubidan keyingi o‘rinda turuvchi mashhur klub sifatida Braziliyaning “Internasional” jamoasini ko‘rsatishimiz mumkin. Brazliya klubi mamlakat chempioni, ikki bor Libertadores musobaqasida g‘olib chiqqan va hatto 2006-yilda klublar o‘rtasidagi JCHda ham zafar quchishga muvaffaq bo‘lgan. Shunday bo‘lsada, Braziliyada yana bir “Inter Limeyra” nomli klub mavjud bo‘lib, uning tarixi 1913-yilga borib taqaladi.

Og‘ir artileriya – “Arsenal”



Londonning “Arsenal” jamoasini dunyo arenalariga olib chiqqan Chempman birinchilardan bo‘lib 3-2-5 sxemasini joriy etgan bo‘lsa, Arsen Venger “kononirlar”ni top klubga aylantirdi. Aslida, klub nomi qurol-aslaha bilan bog‘liq bo‘lgani bois, uni dunyoning turli chempionatlarida uchratishingiz mumkin. Ukrainada bir necha yil avval “Arsenal Kiyev” klubiga asos solindi. 2012 yilda Argentina ham o‘z “Arsenal”iga ega bo‘ldi. Hatto bu klub sovrinlar yutishga ham ulgurdi. Shuningdek, Rossiyada ham Tulaning “Arsenal” jamoasi faoliyat olib bormoqda.

Hamyurtimiz Jasur Yaxshiboyev to‘p surayotgan Belarus chempionatining quyi dvizionida ham “Arsenal” paydo bo‘ldi. Afsuski, ko‘plab “Arsenal”larning omadi kulib boqmayapti. Misol uchun Gruziyada ham “Arsenali” jamoasi mavud edi, biroq moliyaviy muammolar sababli jamoa faoliyatini to‘xtatdi. E’tiborlisi shundaki, Chernagoriyada ham 1914-yilda tashkil etilgan “Arsenal” klubi mavjud. Afsuski, bu jamoa ayni damda quyi dvizionlarda jon saqlash uchun kurash olib bormoqda.

“Spartak” - urfdan qolgan nom



Spartakliklar haqidagi o‘tmish afsonalaridan to‘lqinlangan klublar soni sayyoramizda yetarlicha topiladi. Futbol olamiga birinchilardan bo‘lib “Spartak” nomi bilan kirib kelgan klublarni Praga, Moskva, Rotterdam, Sarpsborge shaharlarida uchratishingiz mumkin. E’tiborlisi shundaki, Uels, Angliya, Shotlandiya, Bolgariya, Gruzia, Latvia, Serbiya va Slovakiyada ham “Sparkat”lar mavjud. Shunga qaramay, bu jamoalar ichida eng mashhuri va sovrindori sifatida Moskvaning “Spartak” klubi yaqqol ajralib turadi.

Dunyo bo‘ylab tarqalib ketgan – “Olimpik”



Gresiyadagi turli afsonalarga sabab bo‘lgan Olimpiya nomi bilan atalgan klublar yer yuzida yetarlicha topiladi. Misol uchun Avtraliyada ikkita “Olimpik” nomi bilan ataluvchi jamoani uchratishingiz mumkin. Baku shahrida ham shu nom bilan ataluvchi klub mavjud edi, biroq yaqindagina uning nomi o‘zgartirildi. Futbol vatanida ham “Rashol Olimpik” klubi mavjud bo‘lib, u quyi divizion vakili sanaladi. Ukrainada ham 2001 yilda shu nomdagi klub tashkil etilgan bo‘lib, u ham bugungi kunda ko‘rimsiz tarzda musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda.

Bu nomdagi eng mashhur klublarning bir yo‘la ikkitasi Fransiya birinchiligida to‘p tepmoqda. “Marsel” va “Lion” haqida so‘z borayotganini darrov anglagan bo‘lsangiz kerak. Gana poyxatida shu nomdagi klub mavjud bo‘lib, u o‘z mamlakatidagi eng nomdor jamoalardan biri sanaladi. Gretsiyaning “Olimpiyakos” jamoasi haqida ortiqcha ta’rif berishning xojati yo‘q chamamda. Shuningdek, Tunis, Bosniya, Polsha va hatto Gondurasda ham “Olimpik” nomi qo‘shib ataluvchi jamoalar mavjud.

“Dinamo”lar armiyasi



“Dinamo”lar dunyo futboli muxlislari uchun yaxshi tanish. Zagreb va Kiyevning “Dinamo” klublari Yevrokuboglarning muntazam ishtirokchisi sanaladi. E’tiborlisi shundaki, “tumanli albion”da ham “Dinamo Lafsboro” jamoasi mavjud bo‘lib, u Rossiyaning “Dinamo” jamoasiga bo‘lgan hurmat yuzasidan shunday nomlangan.

Buxarest, Tiran, Samarqand, Minsk, Tbilis, Kishiniyov singari shaharlarda ham “Dinamo” nomli futbol klublari mavjud. Germaniyada ham ikkita “Dinamo” jamoasi mavjud. Hatto AQSHda ham Texasning “Dinamo” futbol klubi faoliyat olib bormoqda.


“Real” – Ispaniyadagi eng mashhur klub



Oldindan aytib o‘tish joiz, “Real” sayyoramizning eng mashhur va badavlat klubi. Ko‘plab klublar o‘z shaharlari yoniga real so‘zini biriktirgancha klublarini nomlashni hush ko‘rishadi. Misol uchun, Kolumbiyaning “Real Kartaxena” va “Real Santander” Odessaning “Real Farma” jamoalarini ko‘rsatishimiz mumkin.

Bundan tashqari, Ispaniyaning o‘zidayoq «Malyorka», «Saragosa», «Sporting», «Ovyedo», «Espanyol», «Deportivo», «Selta» va   «Valyadolid» klublari ham Real so‘zini qo‘shib ishlatishadi. Hatto Malida ham “Real”ning “adashi” mavjud bo‘lib, uzoq yillardan beri elitada harakat qilmoqda. Bundan tashqari, Gondurasda “Real Monraks”, AQSHda “Real Solt-Leyk” singari jamoalar ham “Real Madrid”ning o‘ziga hos “ukalari” sanaladi.

Bundan tashqari, Belgiyaning “Anderlext” va “Bryugge” klublari ham “Real” singari “qirollik klubi” deb ta’riflanadi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 16:51, 08.06.2020.
O'qildi: 5361 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.