Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

Yashasin qirol yoxud La Ligadagi vaziyatni eslaysizmi?

Yashasin qirol yoxud La Ligadagi vaziyatni eslaysizmi?

Baho:
+ | -

To‘g‘ri, hamkasblarimiz odatda “Qirol liga” deb Angliya premyer ligasini nazarda tutishadi. Tomoshabopligi, tezlik va boshqa bir qancha ko‘rsatkichlar bo‘yicha bu borada bahsga hojat yo‘q. Lekin, aslida 94 yoshli Yelizaveta II taxtda ekan Angliyaga nisbatan qirol emas, baribir qirolicha so‘zi mosroq menimcha. Qirol lafzini esa Filipp VI va Ispaniyaga, o‘z-o‘zidan La Ligaga qoldiraylik.

Xullas, La Liga ham boshqalar kabi majburiy tanaffusga yo‘l olar ekan, juda ko‘plab savollarni ochiq qoldirgandi. Turnir jadvalining avvali-yu oxirida Katalon klublari. Pireneyda chempionlik kurashda – “Barselona” va “Real Madrid”. Yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun bahsda – “Sevilya”, “Real Sosyedad”, “Xetafe”, “Atletiko M” va “Valensiya”. Jon saqlash uchun jangda – “Eybar”, “Selta”, “Malyorka”, “Leganes” va “Espanyol” bor.

To‘g‘ri, buyog‘iga kuchliga yanada oson bo‘ladi, kuchsizga yanada qiyin bo‘ladi, deyishyapti. Jon bor bu fikrda. Biroq masalan, pandemiyadan avval endigina tezlik olgan jamoalar bor edi. Yaqqol misol – “Selta”. So‘nggi 5 uchrashuvda mag‘lubiyatsiz kelib xavfli zonadan endigina chiqqandi. Yana o‘sha tezlikka qayta oladimi, yo‘qmi, bu – mavhum.

Qirolning qaytishini albatta birga kuzatamiz. Manzil o‘sha – “Futbol TV”. Ilk o‘yin bizni yana tarixga chorlaydi. Andalusiya tomon. Derbi. “Sevilya”-“Betis”. Bu haqda alohida to‘xtalamiz hali. Kuzatib boring.

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 23:33, 08.06.2020.
O'qildi: 5209 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.