«PSJ» sardori Tyago Silva 2019/20 yilgi mavsum so‘ngida jamoani tark etadi.
"L’Équipe" tarqatgan xabarga ko‘ra, «PSJ» sport direktori Leonardo 35 yoshli futbolchiga uning yakuniga yetayotgan shartnomasi atigi 2 oyga uzaytirilishini ma’lum qilan. Jamoa sardori faqat avgust oyidagi Chempionlar ligasining qolgan qismida ishtirok etishi uchun shunday yo‘l tutiladi. Fransiyada milliy chempionat muddatidan avval bekor qilingan. Parijliklar Silvaga 2020/21 yilgi mavsum uchun shartnoma taklif qilmaydi.
Braziliyalik futbolchi 2012 yilda 42 mln yevro evaziga «Milan»dan «PSJ»ga o‘tgan. Fransiyalik tarkibida u 7 marta mamlakat chempioni, 4 marta Fransiya kubogi, 5 marta Liga kubogi va 5 marta mamlakat superkubogi sovrinlarini qo‘lga kiritgan.