Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli 1-1 Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Konor Makgregor nima uchun faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi

Konor Makgregor nima uchun faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Ikki vazn toifasi bo‘yicha UFC sobiq chempioni Konor Makgregor nima sababdan faoliyatini yakunlaganiga izoh berdi. Irlandiyalik sportchi jang qilish uchun yaxshiroq variantlarni ko‘rmayotgani va liga unga UFC’ning yengil vazn toifasidagi vaqtinchalik chempion Jastin Getjiga qarshi jang tashkillashtirishdan bosh tortganini aytdi.

«Shunchaki zavq olishdan charchadim. Atrofda bo‘layotgan gaplarning barchasi shov-shuv uchun, yakunda esa hech narsa bo‘lmaydi. Men jang qilish uchun variantlarni ko‘rib chiqdim, afsuski, mos keladiganini topa olmadim. Meni hayajonlantiradigan narsa qolmadi.

UFC o‘z janglarini davom ettirishi kerak edi. Nega ular chempionlik jangini sentyabr oyiga qoldirdi? Sentyabrda nima bo‘lishini bilasizmi? Men o‘z rejalarim haqida ligaga ma’lum qildim, ammo ular menga rad javobini berdi. UFC o‘z kuchini ko‘rsatishga harakat qilmoqchi. Ular shunchaki, menga vaqtincha chempionlik kamari uchun Jastin Getji bilan jangga ruxsat berishi kerak edi.

Biror qiziq narsa o‘ylab topishga harakat qildim. Anderson Silva varianti chiqib qoldi va men bunga qiziqa boshladim. Biroq hamma Silvaning allaqachon keksayib qolganligini va uning cho‘qqida emasligini gapira boshladi. Keyin tushundimki, agar men uni mag‘lub etsam, barcha uning yoshi kattaligini va yulduzlik davri ortda qolgan haqida gapiradi.

Men biroz charchadim. Janglarni tomosha qilyapman-u, lekin zavq olmayapman. Balki, bu tribunalarda tomoshabinlar yo‘qligi bilan bog‘liqdir. Ammo men uchqunni his qilmayapman», — deydi Makgregor.

Eslatib o‘tamiz, Konor 7 iyun kuni 3 marta faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Avvalroq esa UFC prezidenti Deyna Uayt Konorga chempionlik jangini va’da qilib, uning raqibi Habib Nurmagomedov va Jasin Getji jangi g‘olibi bo‘lishi mumkinligini aytgandi.

Kiritildi: 10:32, 09.06.2020.
O'qildi: 6404 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.