Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Dragan Cheran: «O‘zbekiston milliy jamoasi libosini kiyish — men uchun katta sharaf!» (katta intervyu)

Dragan Cheran: «O‘zbekiston milliy jamoasi libosini kiyish — men uchun katta sharaf!» (katta intervyu)

Baho:
+ | -1

Toshkentning “Paxtakor” jamoasi yetakchisi Dragan Cheran bilan uyushtirdik. Suhbat davomida, “sherlar” legioneri Serbiya nashri uchun bergan shov-shuvli intervyusi, Yaxshiboyev va Masharipovning kelajagi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Dragan,karantindan keyin “Paxtakor”dagi ichki muhit qanday?

— Barchamiz ko‘tarinki kayfiyatdamiz. Jarohat olganlar yo‘q. Ochig‘i,futbolni sog‘indik. Ichki birinchiligimiz boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapmiz.

Yuzaga kelgan to‘xtalish OCHL uchrashuvlariga qanday ta’sir o‘tkazadi?

— Bu borada qo‘rqinchli hech narsa yo‘q. O‘yinlarsiz qolib ketgan faqat biz emas. Raqiblarimiz ham biz singari futboldan uzoqlashishga majbur bo‘lishdi. Shu sababli, barchada imkoniyat birdek deb hisoblayman. Endlikda, kim mavsumning so‘nggi qismiga yaxshi tayyorgarlik ko‘rsa, o‘sha klub OCHLda zafar quchishi mumkin.

Ayni damda boshqa jamoalardan ham takliflar kelib tushdimi? Kelasi mavsumga rejalaringiz qanday?

— Hozircha bu boradagi takliflarni ko‘rib chiqishni ham istamayman. Sababi, O‘zbekistonda 4 yildan beri istiqomat qilyapman va bu yerda hamma narsa meni qanoatlantirmoqda.

Jamoadoshingiz Jaloliddin Masharipov Yevropadagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

— Albatta yuqori baholayman! Sababi, u bizning jamoadagi eng zo‘r futbolchi. Aslida u allaqachon kuchliroq chempionatda o‘zini sinab ko‘rishi lozim edi.Jaloliddin yangi darajaga ko‘tarilishi uchun ham ketishi lozim. U shu yo‘sinda o‘z oilasi uchun baxtli va to‘kin kelajakni ta’minlagan bo‘ladi. Shunday bo‘lsada, ayni damda u bizning futbolchi. Shu sababli barchasi yakunlanmaguniga qadar chalg‘ib qolmasligi kerak. Uning kelajakdagi faoliyatiga omad tilayman.

Sizning Serbiya nashri uchun bergan intervyuda o‘zbek futbolining og‘riqli nuqtalari haqida ochiqchasiga so‘zladingiz. To‘g‘risi, shaxsan o‘zim o‘sha intervyuni tarjima qildim. Aytingchi, klubdagi futbolchilar yoki rahbariyat o‘sha intervyudagi so‘zlar uchun sizdan xafa bo‘lishmadimi?

— Men tanqid qilishlariga yoki xafa bo‘lishlariga sabab bo‘ladigan so‘zlarni aytdim deb o‘ylamayman.

Nima deb o‘ylaysiz, agar o‘zbek futboli ham qo‘shni Qozog‘iston singari Yevropa qitasida o‘ynaganida, bu biz uchun oldinga tashlangan qadam bo‘lar edimi? Futbolimiz hozirgidan kuchliroq bo‘lar edimi?

— To‘g‘risi biror nima deyish qiyin. Shunday bo‘lsada, agar biz Yevropa qit’asida bo‘lganimizda, xorijlik mutaxassislar yurtingizga Yevropa futbolini olib kirgan bo‘lar edi. Shu bilan birgalikda yuqoriroq saviyadagi ijrochilar ham tashrif buyuradi va ichki birinchilik kuchayadi. Oqibatda, o‘zbek futbolchilarining ta’sir doirasi kamayib ketadi. Bu esa o‘z-o‘zidan terma jamoaning oqsoqlanishiga sabab bo‘ladi. Ikki tomonda ham o‘zining plyus va minuslari mavjud. Qaysi biri to‘g‘ri ekanligi haqida fikr bildirish juda mushkul.

Aytingchi, “Nasaf” va “Paxtakor” muxlislari o‘rtasida farq mavjudmi?

— Tan olish lozim, “Nasaf” muxlislar armiyasi bilan maqtanishi mumkin. Shunday bo‘lsada, kichik shaharlardagi klublarning katta shaharlardagi jamoalarga nisbatan doimo muxlislari ko‘p bo‘lgan. Bu odatiy hol. Sababi, Toshkentda 3 ta kuchli klub mavjud va shu sababli ham “Paxtakor”ning o‘yinlariga muxlislar kamroq tashrif buyuradi.

Eren Derdiyo‘q jamoa bilan yaqindan tanishib oldimi?

— Albatta! Ajoyib futbolchi. Boz ustiga,juda tajribali. Uning tajribasidan unumli foydalanishga harakat qilmoqchimiz.

O‘zbekistondagi eng e’tibordan chetda qolgan, biroq iqtidorli futbolchi kim?

— Unaqasi yo‘q deb o‘ylayman. Sababi, biz barcha futbolchilar birdekmiz. Birinchi navbatda futbolchi professional bo‘lishi lozim. Ularni e’tirof etilishi yoki e’tibordan chetda qolishi esa muxlislarga bog‘liq. Har kimning o‘z tanlovi mavjud.

Serb nashri uchun bergan intervyuda O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynash haqida so‘z ochgan edingiz. Ayni damda ham termamiz libosini kiyishni istaysizmi?

— Bo‘lmasamchi! Bu men uchun katta sharaf! Sababi, sizni boshqa millat terma jamoasida to‘p surishingizni istashlari — bu futbolchining mehnati qadr topayotganidan dalolat.

Nima uchun serbiyalik futbolchilar o‘rta Osiyoda ko‘pchilikni tashkil etadi? Bu yerlarda to‘p tepishserblar uchun osonmi yoki agentlarning osiyoliklar bilan aloqalari yaxshimi?

— Tan olish lozim, barcha chempionatlarda serb futbolchilarini uchratish mumkin. Sababi, yurtimizda futbolchilar uchun barcha sharoitlar mavjud deb bo‘lmaydi. Shu sababli, biz oilamiz uchun ham boshqa davlatga borib to‘p tepishga majbur bo‘lmoqdamiz.

Futbolsiz kunlardan zerikmadingizmi? Ha aytgancha,Belaruschempionatini kuzatib boryapsizmi?

— Bugungi kunda Toshkentdaman. Albatta, futbolsiz qiyin bo‘lmoqda. Belaruschempionatini Yaxshiboyev uchun kuzatib boryapman. Unga muxlislik qilayotganimni yashirib o‘tirmayman.

O‘zbek oshxonasiga ko‘nikib qoldingizmi?

— 4 yil davomida deyarli barcha taomlardan tatib ko‘rdim. Menga o‘zbek taomlari juda manzur kelmoqda.

Яҳёхўжа Улуғхўжаев суҳбатлашди.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:34, 10.06.2020.
O'qildi: 12829 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.