Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Morata vs Vesino
Milanning “Inter” jamoasi yozda Alvaro Moratani qo‘lga kiritishni reja qilmoqda.
“Tuttosport” nashrining ma’lum qilishicha, “ko‘k-qora”lar ispaniyalik hujumchini qo‘lga kiritish uchun “Chelsi”ga Vesino va 15 million yevro taklif qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi ayni damda Madridning “Atletiko” sharafini ijara asosida himoya qilmoqda.
Naingollan yana ijarada?!
Turinning “Torino” jamoasi ayni damda “Kalyari” sharafini munosib himoya qilayotgan Raja Naingollanni kelasi mavsumda ijaraga olish borasida ishlar olib bormoqda.
Huquqlari hamon “Inter”ga tegishli bo‘lgan futbolchining o‘zi ham Milanga qaytishni istamayapti.
«RMS»ning ma’lum qilishicha, belgiyalik futbolchini shuningdek “Fiorentina” ham o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.
Zaha PSJda?!
Angliyaning PSJ jamoasi vingeri Vilfred Zaha kelasi mavsumni Parij klubi tarkibida boshlashi mumkin.
Bu haqida taniqli “90min” nashri ma’lum qilmoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchi PSJ jamoasi uchun futbolchilarni taklif qiluvchi Pini Zahavi bilan shartnoma imzolagan. Tez orada Parij klubi Zaha variantini ko‘rib chiqishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zaha bilan “Manchester Yunayted’ ham jiddiy qiziqqan, biroq “Kristal Pelas” o‘z hujumchisini 90 milliondan kamiga qo‘yib yubormagan edi.
Sidibe uchun kurash avjida
“Monako” jamoasi himoyachisi – Jibriel Sidibe yozda “La Liga”ga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Bu haqida RMCnashri ma’lum qilmoqda. Nashrda berilgan ma’lumotga qaraganda, “Sevilya” klubi allaqachon “Monako”ga ilk rasmiy taklifini yuborgan va tomonlar muzokaralarni boshlab yubordi.
Avvalroq “Monako” o‘z himoyachisini arzonroq narxda bo‘lsada sotib yubormoqchi ekanligi haqida rasmiy ma’lumot paydo bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda qanot himoyachisi ijara asosida “Everton”da to‘p tepmoqda.
Byurkki qoladi
Dortmundning “Borussiya” jamoasi o‘z darvozaboni Roman Byurki bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi.
“Kicker” nashri tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, nemis klubi kipper bilan o‘rtadagi shartnomani 2023-yilga qadar cho‘zadi.
Katta ehtimol bilan Roman ham klubda qoladi. Sababi, uning agenti mijozi o‘zini Dortmundda baxtli his etayotgani aytib o‘tgan edi.