Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Restart: Derbi sevillano

Restart: Derbi sevillano

Baho:
+ | -

Sekin-asta jonlanayotgan yevrofutbolda ligalar restartni derbilar orqali amalga oshirmoqda. Bundesligadan so‘ng katta sahnaga chiqayotgan La ligada ilk o‘yin siz-u bizga Andalusiya derbisi nomi bilan ko‘proq tanish. “Sevilya” – “Betis”.

Shu o‘rinda Germaniya futboli maydonga birinchi bo‘lib qaytgan bo‘lsada, nemislar avval boshdan ko‘zlangan maqsadiga yetolmadi, deyish mumkin. Sababi, bu yerda restartdan so‘ng o‘tgan bir-necha turdayoq intriga yo‘qqa chiqdi. E’tibor avval bo‘lgani singari uch asosiy ligaga qaratiladi yana.

Derbiga qaytaman. Ortiqcha yasamalikdan foyda yo‘q. Bu derbi masalan, Madrid va basklar derbisi bilan solishtirsak millionlab nigohlarni o‘ziga qarotolmaydi. Ammo, aynan qaytishdagi ilk o‘yin bo‘lgani bois yuqoridagi derbilardan kam bo‘lgamagan qiziqish yuzaga kelmoqda. Klublarning "Benito Vilyamarin"da o‘tgan birinchi davradagi o‘yini mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlagan. Hisob 1:1 bo‘lib turganida Lyuk de Yong “Sevilya” tarkibida g‘alaba goliga mualliflik qilgandi. (1:2)

Tarixdagi raqamlar ham bugun Lopitegi murabbiylik qilayotgan klub foydasiga: “Sevilya” – 87 g‘alaba , “Betis” 53 g‘alaba va duranglar – 43.

Aslida, bu raqamlarning bugungi o‘yinga ta’siri minimum. Bugun pandemiyadan kuchliroq bo‘lib chiqqan klub g‘alaba qozonadi. Ochko har ikki jamoaga ham kerak. “Sevilya” CHL yo‘llanmasi uchun kurashmoqda. “Betis” esa ikki qutbdan bir xil masofada bo‘lgani bois g‘alaba yevrokuboklar tomon, mag‘lubiyat Segunda tomon qo‘yilgan qadamga aylanishi mumkin. Xullas, motivasion faktorlar yetarli. Umid qilamiz, futbolchilar muxlislarsiz bo‘lsada bizga, teletomoshabinlarga futbolning eng go‘zal ranglarini namoyish eta oladilar.

Futbol TV, soat 01:00.
"Cevilya” – “Betis”

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 21:27, 11.06.2020.
O'qildi: 3087 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.