Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Mate Vatsadze: «AGMK restartga to‘liq tayyor»

Mate Vatsadze: «AGMK restartga to‘liq tayyor»

Baho:
+ | -

Superliganing 4-turidan o‘rin olgan «Qizilqum»ga qarshi o‘yin oldidan navoiyliklarning sobiq a’zosi, AGMK hujumchisi Mate Vatsadze o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"O‘ylashimcha, AGMK restartga to‘liq tayyor. O‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Garchi katta oraliqni o‘tkazib yuborgan bo‘lsakda, murabbiylar shtabi jamoani qisqa fursatda har taraflama optimal holatga keltirdi. Ochig‘i, mavsum yana qayta tiklanayotganidan, futbol bayrami boshlanayotganidan xursandman. Sobiq jamoaga qarshi o‘yin o‘zgacha zavq hamda qo‘shimcha motivasiya beradi. Shu bois "Qizilqum"ga qarshi bahsni intiqlik bilan kutyapman. Bu bahsdagi reja va maqsadlarim yuqori hamda ulardan biri olmaliqlik muxlislarni xursand etish. Futbol muxlislarsiz o‘tishi g‘alati. Lekin hozirgi holatda bu eng to‘g‘ri yechim. Garchi stadionga kelishmasada, biz ularning qo‘llab-quvvatlovini his qilyapmiz. Xudo xohlasa tez orada odatiy hayot yana iziga tushadi va muxlislar ham stadionga qaytishadi", - deya gapirib o‘tdi Mate Vatsadze.

Manba: АГМК матбуот хизмати
Kiritildi: 00:07, 12.06.2020.
O'qildi: 2949 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик