Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/06 03:00 Panama 2-1 AQSh
28/06 06:00 Urugvay 5-0 Boliviya
28/06 20:00 So‘g‘diyona 4-2 Dinamo
28/06 20:00 Qizilqum 1-0 OKMK
29/06 03:00 Kolumbiya 3-0 Kosta-Rika
29/06 06:00 Paragvay - Braziliya
29/06 21:00 Shveysariya - Italiya
30/06 00:00 Germaniya - Daniya
30/06 05:00 Kanada - Chili
30/06 05:00 Argentina - Peru
30/06 21:00 Angliya - Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya - Gruziya

Superliga o‘yinlarini o‘tkazish uchun talablar ma’lum qilindi

Superliga o‘yinlarini o‘tkazish uchun talablar ma’lum qilindi

Baho:
+ | -

2020 yil 13 iyun kunidan futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining navbatdagi tur o‘yinlari boshlanadi. Ushbu musobaqalarni o‘tkazish uchun sanitariya talablari ishlab chiqilganmi?

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, 2020 yil 5 iyundan O‘zbekiston professional futbol ligasi chempionatlarini davom ettirishga ruxsat berilgan.

Futbol bo‘yicha Superliga o‘yinlarini o‘tkazishda quyidagi asosiy talablarga rioya qilinishi lozim:

— bitta uchrashuvdagi ishtirokchilarning (jamoalar, tashkilotchilar va OAV xodimlari) umumiy soni 140 nafardan oshmasligi kerak;

— uchrashuv uchun tanlab olingan barcha to‘plar, GPS tizimlari (Polar tizimi), fishkalar, darvozalar ustunlari hamda to‘rlari, barcha ekipirovkalar dezinfeksiya qilinishi shart!

— uchrashuv davomida stadionga kiritilgan barcha shaxslar karantin normalariga (shaxsiy himoya vositalariga) qat’iy rioya qilishi shart.

— ularga tupurish, og‘iz chayqalgan suvni ommaviy joyga (ayniqsa futbol maydoniga) tashlash kabi sanitariya qoidalarini buzish taqiqlanadi (futbolchilar og‘iz chayishi hamda og‘izdagi suvni tashlashi uchun alohida idishlar, ya’ni, tufdon qo‘yilgan nuqtalarni tashkil etish tavsiya etiladi).

— futbolchilar va hakamlar yechinish xonalari, shuningdek, avtobuslar kvars lampalar bilan jihozlash kerak (portativ kvars lampa);

— stadion hududidagi barcha shaxslar shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishi shart. Faqatgina o‘yin vaqtida maydonda harakat qilayotgan futbolchilar va hakamlarda maska bo‘lmaydi. Chigalyozdi mashg‘ulotlarida qatnashuvchilar ham maskalardan foydalanadi;

— uchrashuv oldidan ikki jamoa vakillari va hakamlarning o‘zaro qo‘l berib ko‘rishish tadbirlari bekor qilinadi;

— jamoaviy rasmga tushishda futbolchilar ijtimoiy masofa saqlaydi hamda bir-biriga teginib turmaydi (zig-zag usulida);

— futbolchilar golni nishonlayotganda ijtimoiy masofa saqlaydi va golni jamoaviy nishonlashga yo‘l qo‘yilmaydi;

— karantin talablaridan kelib chiqib, matbuot anjumani o‘tkaziladi. Unda ishtirok etayotgan barcha karantin talablariga qat’iy rioya etishi shart;

— matbuot anjumanida ishtirok etayotgan futbolchi va murabbiylar mikrofon, diktofon kabi vositalarga teginishi, ularni bir joydan boshqa joyga surishi mumkin emas;

— uchrashuv stadioni alohida izolyator xonasi bo‘lishi va mazkur xona zaruriy tibbiy jihozlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak;

— uchrashuv o‘tadigan tutash binolar ichi futbolchilar kelishidan 2 soat avval dezinfeksiyalanishi kerak.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:00, 12.06.2020.
O'qildi: 3054 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.