Dortmundyning "Borussiya" klubi darvozabon Roman Byurki bilan yangi shartnoma imzolaydi. Bu haqda kub sport direktori Mixael Sork ma’lum qildi.
"Biz Byurki bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdik. U bizning jamoa safida o‘ynashda davom etishidan mamnunmiz", -deydi Sork.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Byurkining "arilar" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar mo‘ljallangan.