Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

La liga. «Real» ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi

La liga. «Real» ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining restartini "Real" ham g‘alaba bilan boshladi. Madridliklar "Alfredo di Stefano" stadionida "Eybar"ni qabul qilishdi.

Zidan shogirdlari birinchi bo‘limni juda zo‘r o‘tkazdi va raqib darvozasiga 3 marta yo‘l topdi. Ayniqsa, 4-daqiqadayoq Kroos tomonidan urilgan gol "Eybar"ning ochilishiga olib keldi. Natijada tanaffusga qadar Ramos va Marselo raqib darvozasiga yo‘l topa olishdi.

Ikkinchi bo‘limda esa mehmonlar bosh murabbiyi amalga oshirgan o‘zgarish o‘z samarasini berdi. Bahsning 60-daqiqasida 15 metrlardan yo‘llangan zarba natijasida to‘p Bigasga tegib, darvoza to‘riga borib tushdi.

Darvoqe, Tibo Kurtua o‘yin davomida bir nechta seyvlarni amalga oshirdi, bir marta to‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi. Aks holda "qaymoqranglilar" qiyin ahvolga tushib qolishlari mumkin edi.

Shu tariqa, "Madrid" La liganing 28-turini o‘z foydasiga hal qilib, "Barsa"ni quvishda davom etadi.

Ispaniya La ligasi, 28-tur
Real Madrid – Eybar 3:1 (3:0)
Gollar: 1:0 – 4 Kroos, 2:0 – 30 Ramos, 3:0 – 37 Marselo, 3:1 – 60 Bigas.
Real Madrid – Kurtua, Ramos (Militao, 61), Marselo, Varan, Karvaxal (Mendi, 46), Kazemiro, Kroos, Rodrigo (Beyl, 61), Modrich (Valverde, 84), Azar (Vinisius Junior, 61), Benzema.
Eybar – Dmitrovich, Oliveyra, Rafa Soaresh (Bigas, 57), Arbilya (Burgos, 84), Korrea, Eksposito, Alvares, Orelyana (Leon, 57), De Blasis (Inui, 78), Kristoforo, Kike Garsiya (Enrik, 57).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (47), Kristoforo (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:27, 15.06.2020.
O'qildi: 5530 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.