Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/12 01:30 Vilyarreal 1-1 Rayo Valyekano
19/12 01:30 Espanyol 1-1 Valensiya

Buffondan oltinga teng so‘zlar

Buffondan oltinga teng so‘zlar

Baho:
+ | -

Futbol olamining tirik afsonasi, JCH g‘olibi va 21 asrdagi eng kuchli darvozabonlardan biri – Janluijji Buffon doimo omma e’tibor markazida turgan. Qahramonimiz qolgan futbolchilardan farqli o‘laroq, sokin hayot tarafdorlaridan sanaladi. Shu sababli, uning iqtiboslarida baland-parvoz gaplardan ko‘ra, ma’nili jumlalarni uchratishingiz mumkin.

Stadion.uz jahon futboli yulduzi tomonidan aytilgan eng so‘nggi iqtiboslarni e’tiboringizga havola etadi.

Jiji hech qachon super mashinalar yoki qimmatbaho qasrlar sotib olish bilan maqtanmaydi. Uning aytishicha, pulning inson hayotida tutgan o‘rni tamomila o‘zgacha. Futbolchi o‘zining “Tuttosport” nashri uchun bergan so‘nggi intervyusida aynan shu mavzuga xolisona to‘xtalib o‘tgan edi.

"Pul – bu hamma narsa degani emas! Darhaqiqat,  ayrim vaziyatlarda pul sening hayotingga, oila va baxtli bo‘lishingga hech qanday yordam bera olmasligini anglab yetasan. Afsuski, buni barcha inson ham darrov anglay olmaydi. Agarda, inson katta pullar egasiga aylanishni boshlagach, atrofdagilar bilan munosabatini o‘zgarayotganini sezsa, demak u hayotining asl mohiyatidan bebaxra qolibti. Demak o‘sha inson hayotning qadriga yetmaydi. Menda doimo pul bilan yaxshi aloqada bo‘lganman. O‘ylashimcha, bu inson hayoti uchun muhim omil. Sababi, aynan pul hayotning yaxshilanishi uchun ko‘mak beruvchi eng yaxshi vosita. Shunday bo‘lsada, pul xursandchilik olib keluvchi omil emas. Insonga faqat va faqat o‘zi qilgan xayrli amallarigina baxt olib keladi. Baxtli bo‘lish uchun pulning qancha bo‘lishi ahamiyatsiz. Asosiysi, inson ruhan o‘zini sog‘lom his etishi. Men hech qachon pulga mehr qo‘ygan hasis inson bo‘lmaganman. Agarda, men dunyoning eng kambag‘al insoniga aylanib qolsam ham, barchaga birdek muomillada bo‘lishni davom ettiraman. Hech qachon hasad qilmasligim aniq. Sababi, hayotimda erishgan barcha shirin xotiralarimning pulga hech qanday aloqasi yo‘q. Farzandlarimning kulgusi, mehribon turmush o‘rtog‘im va sevimli kasbim"

Mashxurlik bobida Jiji dunyoning istalgan futbolchisi bahslasha oladi. Uzoq yillardan beri ishonchli so‘zi bilan birga tilga olunuvchi kipper o‘z mashhurligi bilan yuz beruvchi muammolarga ham qisqacha to‘xtalib o‘tishni hush ko‘radi.

"Agar yangi do‘stlari yoki yangi kollektivga kirsam, doimo menga avvaliga juda yomon ko‘z bilan qarashayotganini his qilaman. To‘g‘risi, bundan sira xafa bo‘lmayman. Sababi, ularning davrasiga bir mashhur inson kirib keldi va barchaga jilmayib qaramoqda. Mening quvnoqligimni hamma o‘zicha tushunadi. Shunday bo‘lsada, biroz vaqt o‘tgach men ham ular singari oddiy inson ekanligmni anglashadi. Qarabsizki, o‘rtadagi to‘siq yo‘qoladi. Suhbatimiz so‘nggida ular meni qadrlashni boshlashadi. Sababi juda odiy. Gap shundaki, men ba’zilar singari o‘zimni “o‘zgacha” yoki “yagona” deb hisoblamayman. Mening oddiy inson ekanligimni his qilganlar, ko‘p o‘tmay samimiy do‘stlarimga aylanib ketishadi. Hayotda do‘stlashishni istasangiz, birinchi navbatda uni kechirishni o‘rganish lozim. Inson bolasi hato qilishga moil. Shu sababli, hatolarga ko‘z yumsangizgina, siz istalgan davradagi eng aziz inson bo‘lishiniz mumkin"

Italiyadagi kelishilgan o‘yinlar borasidagi shov-shuvli voqea “Yuventus” klubiga og‘ir zarba bergani yodingizda bo‘lsa, ajab emas. Klub tarixidagi qora kunlarda ko‘plab futbolchilar boshqa jamoalarga o‘tib ketgan bo‘lsada, Jiji “Yuventus”ga sodiq qolishga qaror qiladi. Futbolchining o‘zi 2006-yilda bo‘lib o‘tgan voqeani quyidagicha xotirlaydi.

"Mening futboldagi o‘z haqiqatim bor. U faqat biznes yoki shon-shuhrat ustiga qurilmagan. Futbol – bu hissiyot! Uni his qila bilish lozim. Aks holda, siz soch turmakalari va ijtimoiy tarmoqlaridan boshqa narsa qiziqtirmaydigan futbolchiga aylanib qolasiz. 2006-yildagi voqealardan so‘ng, bizni pastga “uloqtirib” yuborishdi. Ayrim jamoadoshlarimiz klubni tark etishdi. Men esa, bunday paytda klubni tark etishni o‘zim uchun sharmandalik ekanligini chuqur his etdim. Yigitlar bilan o‘tirib gaplashib oldik. Ularga futbolni his qilish haqida, futbolda puldan muhimroq omillar borligi haqida so‘zlab berdim. Barchamiz, bir qarorga keldik va ko‘p o‘tmay o‘z o‘rnimizga qaytdik. Yodimda bor, klub futbolchilari juda qiyin ahvolga tushib qolganiga qaramay, vaziyatdan mardonavor chiqib ketishgan edi. Ular uchun eng og‘ir pallada, chinakam o‘rnak bo‘lishga intilganman"

Janluijji Buffonning nazlida maydonda g‘alaba qozonish uchun 25 ta futbolchining yordami kerak. Aytishicha, hatto o‘yinda ishtirok etmagan futbolchilarning ham g‘alabada ulushi bor va ularni ham hurmat qilish talab etiladi.

"Men inson hayotda katta g‘alabalarga erishi uchun kichik detallarni ko‘zdan qochirmasligi lozim deb hisoblayman. Hurmat, hushmomilalik va tarbiya. Bir qarashda ko‘rimsiz hislatlar, biroq ulkan g‘alabalarning zamirida aynan shu uchta omil mavjud. Agar liq to‘la avtobusda yoshi katta insonga joy berish uchun o‘rningdan tursang, demak senda o‘z hayoting davomida katta g‘alabalarga erishish imkoni mavjud. Aynan shu kichik dettalar baxtli va hotirjam hayotni ta’minlab berishga qodir. Bunga rioya qilish kerek holos. Ba’zan futbol maydonidagi g‘alabalar chog‘ida, zaxirada o‘tirgan futbolchilarni hech kim eslamaydi. Vaholanki,  aynan shu futbolchilar maydondagi jamoadoshlari uchun ruhiy dalda berib turuvchi kuch sanaladi. Ularning vaziyatga bildirayotgan reaksiyasi, maydon chetida hayajon bilan o‘yinni tomosha qilishi ham to‘p uchun kurash olib borayotgan futbolchiga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi. Nafaqat klub va muxlislar, balki jamoadoshingiz oldida ham ma’suliyatli ekanligizni his etasiz"

Siyaqsi chiqib ketgan mavzu bo‘lsada, Jijining futboldan tashqarida qanday kasb bilan mashg‘ul bo‘lishi ko‘chilikka qiziq bo‘lishi turgan gap. Uning aytishicha, u futbolchi bo‘lmagan taqdirda ham uzoqqa ketmagan bo‘lar edi.

"Agar men mashur futbolchi bo‘lmaganimda ham, taqdirimni tamomila o‘zga tomonga burmagan bo‘lar edim. Ota-onamni tez-tez yo‘qlab turaman. Bilasizmi, har safar borganimda ularga naqadar o‘xshash ekanligimni chuqur his eta boshlayapman. Shunday ekan, futbolchi bo‘lmaganimda albatta jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lar edim. Huddi ular singari butun faoliyatimni bolalar bilan o‘tkazgan, doimo sport bilan hamnafas hayot kechirgan bo‘lar edim. Doimo sportni sevganman. Shunday bo‘lsada, futbol menga juda ko‘p narsa berdi. Uni hurmat qilaman. U sababli hayotimning katta qismini maroqli o‘tkazdim. Jamoam bilan mag‘lubiyat alamini, g‘alaba shukuhini his etdim. Buning uchun futboldan minaddorman"

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 14:57, 15.06.2020.
O'qildi: 6999 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.