Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Sardor Qudratullayev: «Bunyodkor» futbol klubi yuzimizni yorug‘ qildi»

Sardor Qudratullayev: «Bunyodkor» futbol klubi yuzimizni yorug‘ qildi»

Baho:
+1 | -

Yurtimizga katta futbol qaytdi. Uch oylik tanaffusdan keyin Superliga yana davom ettirilmoqda. Faqat uchrashuvlar muxlislarsiz va sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy amal qilgan holda o‘tkazilmoqda. Biz uchun ahamiyatlisi, restartning birinchi o‘yini «Bunyodkor» ishtirokidagi bahsga to‘g‘ri keldi. Katta mas’uliyat talab qilgan mazkur bellashuvdan so‘ng jamoamizning yuzi har tomonlama yorug‘ bo‘ldi. «Bunyodkor» g‘alaba qozondi! Belgilangan sanitariya-gigiyena talablari kamchiliksiz bajarildi. Bu haqda «Bunyodkor» - «Qo‘qon-1912» uchrashuvining komissari Sardor Qudratullayev ham ijobiy fikr bildirdi.

"Uch oylik tanaffusdan keyin pandemiya vaqtida sanitariya va gigiyena me’yorlari ostida o‘tadigan ilk o‘yinga komissarlik qilish kaminaga yuklatilgandi. Shu bois tabiiyki biroz hayajon va bosim bo‘ldi. Bu hayajon va bosim mas’uliyatdan deb bilaman. Zero, har doim birinchi o‘yin muhim ahamiyat kasb etgan. Bosimi yuqori bo‘lgan. Sababi, hamma birinchi o‘yin qanday o‘tishini kutadi, diqqat bilan kuzatadi. Shukr, «Bunyodkor» futbol klubi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni a’lo darajada bajardi. Respublika maxsus komissiyasi qo‘ygan talablar bo‘yicha «Bunyodkor» jamoasi kamchilikka yo‘l qo‘ygani yo‘q. Buning uchun klub rahbariyatiga, stadion direksiyasiga, mas’ul xodimlarga minnatdorchilik bildiraman. Boisi, birinchi uchrashuv, aytganimdek bu katta mas’uliyat. Qolaversa, bahs oynai jahon orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etildi. Shunday vaziyatda «Bunyodkor» futbol klubi barchamizning yuzimizni yorug‘ qildi", — Sardor Qudratullayev.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 16:41, 15.06.2020.
O'qildi: 2374 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.