Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Yozning taftida «yonayotgan» Superliga!

Yozning taftida «yonayotgan» Superliga!

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasida restart futbol muxlislariga qiziqarli o‘yinlar, kutilmagan natijalar, chiroyli gollarni taqdim qilib berayapti. 4ta tur 14jamoa ochko yo‘qotishi uchun yetarli bo‘ldi. Barchadan bir bosh baland deb, qaralayotgan «Paxtakor» mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.

Qarshida esa «Nasaf» va «Navbahor» futbolchilari o‘yinni «yondirishdi». Markaziy to‘qnashuv maqomiga mos ravishda o‘tdi. Har ikki jamoaga chiroyli o‘yin uchun rahmat.

Bugun ham Superligada tur o‘yinlari davom ettiriladi. 3ta o‘yin bor: «Surxon» – «Mash’al» (18:00, Dunyo bo‘ylab), «Buxoro» – «Andijon» (18:30, Sport TV) va «Lokomotiv»- «Metallurg» (19:00, Mahalla TV).

Yuqoridagi uchta o‘yinning ham o‘ziga xos tomonlari bor. Men esa sizning e’tiboringizni «Lokomotiv»- «Metallurg» bahsiga qaratmoqchi edim. Ushbu o‘yin Bekobodda bo‘lib o‘tishi lozim edi. Lekin PFL karantin cheklovlari sabab, uchrashuvni Toshkentga ko‘chirdi.

- «Lokomotiv» 3ta turda 6 ochko jamg‘arib, jadvalda 6 o‘rinni band qilgan. 2ta g‘alaba, 1ta mag‘lubiyat. «Lokomotiv» yana 3 ochko qo‘lga kiritsa, 9 ochko bilan yetakchilar qatorini yanada zichlashtiradi.

- «Metallurg»da 4 ochko bor. 1tadan g‘alaba, durang va mag‘lubiyat. Bekobodliklar o‘yinda 3 ochko qo‘lga kiritsa, 7 ochko bilan «Lokomotiv»ni ortda qoldiradi va o‘zlari uchun yangi tarix yaratishadi. «Metallurg» biror marta «Lokomotiv»ni safarda mag‘lub qilmagan.

Tayyorgarlik

- «Lokomotiv» jamoasi restart oldidan AGMK va «Surxon» bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Shuhrat Mahammadiyev safga qaytdi. Ammo Oleg Zoteev jamoani tark etdi.

- «Metallurg» jamoasi Bekobodda tayyorgarlik olib bordi. O‘rtoqlik o‘yinlari borasida ma’lumotlar yo‘q. Tarkibda ham jiddiy yo‘qotishlar yo‘q.

Imkoniyatlar

Tarkib va mezbonlik faktori sabab, «Lokomotiv»ning imkoniyatlari yuqori, shuningdek, Andrey Fyodorov shogirdlari birinchi raqam bo‘lib o‘ynashga intilsa kerak.

«Metallurg» ikkinchi raqam bo‘lib, qarshi hujumga urg‘u berishdan tortinmaydi. Lekin bekobodliklarning bugungi tarkibida Abror Toshqo‘ziyev, Shahzodbek Ubaydullayev, Doniyor Narzullayev kabi yosh, tezkor o‘yinchilar borki, ular «Metallurg» o‘yiniga ancha kreativlik baxsh etmoqda.

Xullas, bu o‘yinda natijani oldindan bilib bo‘lmaydi. Ikki jamoa ham ochkolar uchun borini berishi aniq. Shu sabab, ko‘rishga arziydigan qiziqarli uchrashuv bizni kutayotgani aniq. Kamina Zuhriddin Qilichev ushbu bahsda ishlayman.

Bugun soat 19:00 dan «Mahalla» TVda «Lokomotiv» va «Metallurg» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni tomosha qiling.

Kiritildi: 18:25, 15.06.2020.
O'qildi: 1898 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик