Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

La liga. «Barselona» - «Leganes» o‘yini oldidan anons

La liga. «Barselona» - «Leganes» o‘yini oldidan anons

Baho:
+ | -

Mehmonlar: Klub joriy mavsumda 23 ochko bilan 19-o‘rinda bormoqda.

O‘tgan mavsumdagi bo‘ydan baland sakrashdan so‘ng (13-o‘rin) bu mavsum Segundaga “sirpanishi” kutilmoqda. Sabablar bisyor. Bir yil avval, yozda jamoani 10 nafar muhim o‘yinchi tark etdi. Avgustda boshlangan chempionatdagi ilk g‘alaba klubga oktyabr oyida nasib etdi. Orada bosh murabbiy iste’foga chiqarildi.  Ligadagi eng kam gol urgan jamoa bo‘lib turibdi. Bugun bu yerdagi eng yorqin nuqta amaldagi coach. Matbuot anjumanlari so‘zlarini filterlab o‘tirmaydigan, o‘z vaqtida Serxio Agueroni zahira futbolchisiga aylantirgan, Breytueytni bo‘ralab so‘kkan - Xavyer Agirre. Biroq meksikalik murabbiy inqiroz menedjeri vazifasini yaxshi uddalay olmayapti, ochig‘i.

Mezbon: Ular haqida butun tanaffus davrida gap so‘zlar tinmadi.

Tarkibda kutilayotgan o‘zgarishlar, futbolda kutilayotgan o‘zgarishlarga munosabatlar, tarqoqlik va yig‘inchoqlik. Xullas, gap ko‘p edi. Bu gap so‘zlar o‘yinga ta’sir etib qolmaydimi, degan savol restartdan so‘ng o‘tgan ilk o‘yindayoq va hatto o‘sha matchning ilq daqiqasidayoq yo‘qqa chiqdi. Ular yaxshi kayfiyatda. Yetakchi a’lo his qilmoqda o‘zini. Murabbiy ancha o‘rganib qolgandek.

Darvoqe, klub 61 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda.

Bugun, soat 00:50. Futbol TV
“Barselona” - “Leganes”

O‘tkazib yubormang.

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 00:39, 17.06.2020.
O'qildi: 3363 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.