Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

«Bavariya» — Germaniya chempioni. 30 karra!

«Bavariya» — Germaniya chempioni. 30 karra!

Baho:
+ | -

Germaniya chempionatining ushbu mavsum yakunlanishiga 2 tur qolganida chempion jamoa nomi aniq bo‘ldi. "Bavariya" safarda "Verder"ni mag‘lubiyatga uchratib, o‘z tarixida 30-chempionlikni rasmiylashtirdi.

Myunxenliklar birinchi bo‘limda raqib darvozasi tomon ko‘p hujumlar uyushtirishdi. Taym tugashiga 2 daqiqa qolganida Boateng bergan uzatma natijasida Levandovski darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘limda ham tashabbus "Bavariya" tomonida bo‘ldi, ammo ular g‘alabani qo‘ldan chiqarishlari mumkin edi. Dastlab 77-daqiqada Noyer to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi, ammo bremenliklar bo‘sh darvozani ishg‘ol eta olishmadi.

Oradan 2 daqiqa o‘tib Alfonso Devis ikkinchi sariq kartochka tufayli maydonni tark etdi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Noyer jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.

Shu tariqa, "Bavariya" Bundesliga g‘olibiga aylandi.

Germaniya Bundesliga, 32-tur
Verder – Bavariya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 43 Levandovski.
Verder – Pavlenka, Gebre SelassiYE, Fridl, Velkovich (Pisarro, 88), Fogt (Langkamp, 46), Bitenkur (Sardjent, 62), Eggeshtayn, Rashisa (Bartels, 62), Klassen (Fyullkrug, 84), Moysander, Osako.
Bavariya – Noyer, Boateng, Pavar, Alaba, Kimmix, Gnabri (Lyuka Ernandes, 82), Devis, Goretska, Koman, Levandovski, Myuller.
Ogohlantirishlar: Devis (19), Eggeshtayn (56), Langkamp (88), Kimmix (89).
Chetlatish: Devis (79).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:30, 17.06.2020.
O'qildi: 5312 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.