Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

«Dinamo» o‘rtoqlik uchrashuvida «Zomin»ni mag‘lub etdi

«Dinamo» o‘rtoqlik uchrashuvida «Zomin»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Pro-liga yangi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Samarqandning «Dinamo» jamoasi chempionat starti oldidan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Shu kuni Pro-liganing yana bir vakili Jahongir Jiyamurodov boshchiligidagi «Zomin» jamoasi «Dinamo» klubi mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuv o‘rtoqlik o‘yini maqomida bo‘lsa-da, o‘yin qiziqarli va jangovar ruhda o‘tdi.

17-daqiqada «Dinamo» yarimhimoyachisi Shohrux Abdurahmonov yakkama-yakka vaziyatda chiqib, chiroyli zarba bilan hisobni ochdi – 1:0.

32-daqiqada esa bir daqiqa oldin zaxiradan maydonga tushgan Jonibek Ko‘chimov ham darvozabon bilan yakkama-yakka holatda qolib, vaziyatni tenglashtirdi – 1:1.

55-daqiqada esa mehmonlar standart vaziyatdan keyin Shohjahon Abbosovning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi – 1:2.

75-daqiqa esa qanotdan uzatilgan to‘pni himoyachi Jasur O‘rinov raqib darvozasiga joylab qo‘ydi – 2:2

O‘yin yakuniga qadar hujumkorlikni tushirmagan «dinamochilar» 90-daqiqada o‘z niyatlariga yetishishdi. Jamoa sardori Jasur Azimov tomonidan jarima maydoni tashqarisidan yo‘llangan kuchli zarba raqib chiroyli tarzda raqib darvozasining «to‘qqizligi»dan o‘rin oldi – 3:2.

18 iyun (payshanba)
O‘rtoqlik uchrashuvi.
Samarqand, «Dinamo» stadioni.
«DINAMO» - «ZOMIN» - 3:2
Bosh hakam: Sherzod Kamarov
Gollar: Shohrux Abdurahmonov 17, Jasur O‘rinov 75, Jasur Azimov 90 – Jonibek Ko‘chimov 32, Shohjahon Abbosov 55.

Ma’lumot uchun, «Dinamo» jamoasi O‘zbekiston kubogi saralash bosqichi doirasida 23 iyun kuni Farg‘onada «Istiqlol» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 22:05, 18.06.2020.
O'qildi: 1939 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.