Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Osiyo chempionati sabab Superliga taqvimida o‘zgarishlar yuzaga keldi

Osiyo chempionati sabab Superliga taqvimida o‘zgarishlar yuzaga keldi

Baho:
+ | -

Bugun Osiyo Futbol Konfederasiyasida shu yilning oktyabr oyida O‘zbekistonda o‘tkaziladigan U-19 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xabaringiz bor, mazkur Osiyo chempionati bahslari mamlakatimizdagi to‘rt stadion – Toshkent shahridagi “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, Olmaliqdagi OKMK hamda Namangandagi “Markaziy” stadionlari mezbonlik qiladi.

Ta’kidlash lozim, O‘zPFL ishchi rejasiga ko‘ra, Coca Cola Superligasi 19 hamda 20-tur bahslari Osiyo chempionati uchrashuvlari vaqtiga to‘g‘ri keladi. Shu bois, mazkur tur uchrashuvlari o‘tkazilishi bilan bog‘liq o‘zgarishlar mavjud.

Jumladan, 19-turdagi AGMK – “Mash’al” hamda 20 turdagi “Bunyodkor” – “Andijon” uchrashuvlari, “Bunyodkor” hamda OKMK stadionlari Osiyo chempionati bahslari uchun band ekanligi hisobga olinib, ushbu turda mezbonlar o‘zaro joy almashadi. Tabiiyki, 6-turdagi “Mash’al” – AGMK hamda 7-turdagi “Andijon” – “Bunyodkor” uchrashuvlari mezbonlari ham almashadi.

Shuningdek, 6-tur doirasidagi “Surxon” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvi Termiz shahridagi hozirgi epidemiologik vaziyat tufayli Qo‘qon shahriga ko‘chirildi. Jamoalarning ikkinchi davra uchrashuviga esa, tabiiyki Termiz mezbonlik qiladi.

Shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi ushbu mavsum taqvimi ishchi rejasini ishlab chiqqan. Ushbu taqvim terma jamoalar hamda klublar ishtirok etadigan barcha musobaqalar inobatga olinib tuzib chiqilgan bo‘lib, Osiyo Futbol Konfederasiyasi tomonidan OCHL bahslari taqvimi rasman tasdiqlansa, e’lon qilinadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 00:10, 19.06.2020.
O'qildi: 3359 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик