Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Baxtiyor Ashurmatov: «Bugungi g‘alabani muxlislarimizga bag‘ishlaymiz»

Baxtiyor Ashurmatov: «Bugungi g‘alabani muxlislarimizga bag‘ishlaymiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston superligasi 5-tur doirasidagi "Qo‘qon-1912" - "Qizilqum" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumaning birinchi qismida mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

"Bugungi uchrashuv asabiy va qiyin tarzda kechdi. Murabbiy sifatida birinchi bo‘limdagi o‘yinimizdan ko‘nglim to‘lmadi. O‘ylagan rejalarimiz amalga oshmadi. Tajribali murabbiylardan biri sanalgan Tachmurod Agamurodov yaxshi jamoa shakllantirgani ko‘rinib turibdi. Ular birinchi taymda ancha tartibli o‘yin namoyish qilishdi.

Raqib jamoa a’zolari bizning qanday hujum uyushtirishimizni, qanday himoya qilishimizni oldindan bilgan holda harakat qildi. Shuning uchun birinchi bo‘limda qiynaldik.

Hisob o‘yinga yarasha bo‘ldi deya olmayman. Faqat so‘nggi daqiqalarda “Qizilqum” futbolchilari hujumga berilib ketishdi va biz bundan foydalandik. Bugungi o‘yin uchun, ayniqsa, ikkinchi bo‘limda o‘yinimiz qovushmayotgan paytda o‘zlarida kuch topib, o‘yinda burulish yasashgani uchun shogirdlarimga minnatdorchilik izhor etaman. Birinchi bo‘limda muxlislar yetishmagani sezilib turdi. Ularning tezroq maydonga qaytishlarini istaymiz. Bugungi g‘alabani muxlislarimizga bag‘ishlaymiz.

Birinchi bo‘limda o‘yinimiz qovushmadi, shuning uchun o‘zgarishlar qilishga harakat qildik. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarimiz o‘yinga kirishib ketishdi. Bugungi o‘yin birinchi gol urilguncha edi. Negaki, raqib yaxshi himoyalanayotgandi. Birinchi golni kiritganimizdan keyin bosim ortga chekindi va yirik g‘alabani qo‘lga kiritdik. Birinchi bo‘limdagi xatolarni to‘g‘riladik, shuning evaziga ikkinchi bo‘limda boshqacha o‘yin namoyish etdik", — dedi Ashurmatov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 22:07, 19.06.2020.
O'qildi: 1684 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик