Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/12 01:30 Vilyarreal 1-1 Rayo Valyekano
19/12 01:30 Espanyol 1-1 Valensiya

“Oltin to‘p”ga loyiqlar (ramziy jamoa)

“Oltin to‘p”ga loyiqlar (ramziy jamoa)

Baho:
+ | -

Stadion.uz “Oltin to‘p” uchun har jabxada loyiq bo‘lsada, nufuzli sovrindan quruq qolgan, biroq barcha muxlislarning yoqimtoyiga aylangan futbolchilardan tashkil topgan ramziy jamoa bilan tanishtirib o‘tadi.

 

Darvozabon. Iker Kasilyas

 

Bu nuqtada Noyer, Kan, yoki Buffoni ko‘rishimiz mumkin edi, biroq Iker ulardan ko‘ra ko‘proq sovrin yutgani uchun ham tanlab olindi. Ikkita Yevropa chempioligi, 3 ta YECHL va JCH g‘olibligi. Bunday natija qayd etgan kipper o‘zining eng pik formasida Lev Yashin singari tarixga kirishga loyiq edi. Afsuski, u ikki dahoning davrida tug‘ulgan.

 

O‘ng qanot himoyachisi. Kafu

 

Dani Alves zamonaviy futboldagi eng sovrindor futbolchi bo‘lishi mumkin, biroq u futbol afsonalari qatorida tilga olinmaydi. Uning vatandoshi Kafu esa, yoshi katta muxlislar xotirasida abadiy qoladi. Qahranomizni 2002-yilda bo‘lib o‘tgan musobaqada yulduzli jamoaga munosib sardorlik qildi. Agar jamoaning hujum chizig‘idagi yigitlar jozibali futbol namoyish etmaganida, so‘zsiz Kafu “oltin to‘p”ni o‘ziniki qilib olishi mumkin edi.

 

Markaziy himoyachilar. Paolo Maldini

 

Maldini haqida Esteban Kambyasso tomonidan bildirilgan fikra e’tibor qarating: “ “Oltin to‘p” hech narsani anglaymaydigan g‘alati sovrin. Agar uni o‘z davrida Raul va Maldini sinari mega yulduzlar olmagan bo‘lsa, bundan buyog‘iga kimga berishlarining ahamiyati yo‘q.” Afsuski, bu sovrin uchun Maldini asosiy da’vogar bo‘lishi mumkin edi, biroq 2006-yilda Lippining iltimosini rad etadi va JCHda ishtirok etmaydi. Agar o‘sha mundial g‘oliblari safida Paolo ham bo‘lganida...

 

Serhio Ramos.

 

Barcha Ramosga turli yondashuvda e’tibor qaratadi. Markazda to‘p surganiga qaramay, Serhio doimo jamoaning eng yorqin futbolchisi bo‘lib kelgan. G‘oliblik bilan yakunlangan JCH, Yevropa Chempionati va YECHL bahslarida u Ispaniya va “Real”ning ajralmas bo‘lagi sifatida maydonda “jang” qilgan. Uning 90+3 da kiritgan goli haqida-ku butun boshli film olish mumkin.

 

Chap qanot yarim himoyachisi. Roberto Karlos

 

Butun futbol tarixidagi eng mashhur chap qanot himoyachisi. Roberto Karlosni kecha, bugun va ertaga ham futbol tarixidagi eng kuchli chap qanot himoyachisi sifatida xotirlashgan, xotirlashmoqda va xotirlashadi! O‘z vaqtida qahshatqich zarba egasi “oltin to‘p” uchun juda yaqin kelganidan xabaringiz bormi? 2002-yilda u faqat Ronaldodangina ortda qolgan xolos.

 

Yarim himoyachilar. Andrea Pirlo

 

Takrorlanmas arxitektor,maydon markazidan turib o‘yinni boshqara olgan kam sonli futbolchilar qatoriga kiradi. Uning maydonni ko‘rishi va o‘yinni o‘qiy olishi sababli millionlab bolalar futbolchi bo‘lishni orzu qilgani bor gap. Uning maydonda amalga oshirgan mo‘’jizalaridan muxlislar hali-hamon zavq olishda davom etishmoqda.

 

Xavi

 

Xavi “oltin to‘p”dan boshqa barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan ikkita futbolchidan bittasi. To‘p nazorati birinchi planga ko‘tarilgan davrda Xavi Ispaniya terma jamoasi va “Barselona”ning yuragi vazifasini o‘tab bergani rost. Afsuski, Messi u boshlagan hujumlarining yakunini belgilab berar edi. “oltin to‘p” uchun kurashda ham Leo Xaviddan oldinroqda bo‘ldi.

 

Inyesta

 

“Oltin to‘p”dan boshqa barcha sovrinlarni boshi uzra ko‘targan ikkinchi futbolchi. Qo‘shimchasiga u Xavi bilan jamoadosh va zamondosh. Uning ham “muamosi” Messi. Afsuski, 2010-yildagi JCH finalida “oltin gol”ni kiritish ham Andreas uchu “oltin to‘p”ga egalik qilish uchun kamlik qildi. Vaholanki, o‘sha yili Leo YECHLda ham JCH da sovrinsin qolgan edi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, Andreas butun dunyo muxlislari hurmati va olqishiga ega futbolchilar qatoridan o‘rin oldi.

 

Hujumchilar. Raul

 

Estebanning so‘zlarida haqiqat bor. Sodda va oqko‘ngil yigitlarni “oltin to‘p” hushlamaydi shekilli. Raul Gonsales Blanko 2001-yilda bu sovrinni qo‘lga kiritish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni amalga oshirgan bo‘lsada, yakunda Ouyen so‘rovnomada g‘olib chiqdi. Keyinchalik, ispan yuqori saviyada to‘p surishda davom etgan bo‘lsada, boshqa hech qachon dunyoning eng kuchli futbolchisi bo‘lish uchun bu qadar yaqin kelgani yo‘q.

 

Tiyeri Anri

 

JCH va Yevropa chempioni, “Arsenal”ning uzoq yillik yetakchisi, “engilmas Venger jamoasi”ning o‘zagi va yangi asr boshida APLdagi birinchi raqamli yulduzi. Afsuski, 7 yil davomida yuqoridagi unvonlar ham Anriga “oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishiga imkon bermadi. Qahramonimiz 7 yil davomida 1 o‘rindan boshqa hamma o‘rinlarni zabt etdi. U Ronaldinyo va Zidan singari futbolchilar bilan zamondosh bo‘lmaganida, kamida ikkita “oltin to‘p”ni o‘z muzeyida saqlayotgan bo‘lar edi.

 

Zlatan Ibrahimovich

 

Afsuski, Zlatanning terma jamoa borasida omadi kelmagan. Yevrokuboklar ham shveddan yuz o‘girgan. Shunga qarama, Ibra o‘zi to‘p surgan jamoalarni faqat oldinga qadam tashlashi uchun 500 dan ortiq gol urgan tug‘ma to‘purar. Uning mashhurligi Ronaldu va Messinikidan sira qolishmaydi. U kiritgan gollani yangi avlod futbolchilari tushlarida ham qaytarishga jura’t eta olmaydi. U so‘zsiz “oltin to‘p”siz qolib ketgan buyuk futbolchilarning biri.

 

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 02:34, 20.06.2020.
O'qildi: 11598 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.