Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Obomeyangning YECHLni yutgan akasi haqida eshitganmisiz?

Obomeyangning YECHLni yutgan akasi haqida eshitganmisiz?

Baho:
+ | -

Londonning “Arsenal” jamoasi yetakchisi Pyer Emerik Obomeyang har bir professional futbolchi singari YECHLda zafar quchishni orzu qilmoqda. Afsuski, “Borossiya”da ham, “Arsenal”da ham bu orzuni amalga oshirishning iloji bo‘lmadi. Shunga qaramay, gabonlik futbolchining oilasida ushbu sovrinni yutgan futbolchi mavjud. Bugun shu mavzuga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

 

Obomeyanglar oilasi

 

Pyer Emerik Obomeyang Parij yaqinidagi kichik shaharchada gabonlik muxojirlar oilasida tavallud topadi. Futbolchining dadasi ham sobiq charm to‘p ustasi. Bundan tashqari, Pyerning yana ikkita akasi bor va ular ham sobiq futbolchilar. Uilam-Fils va Katalin Obomeyanglar ham o‘z vaqtida nomdor klublar sharafini himoya qilishgan. Aka-ukalarning barchasi “Milan” akademiyasi tarbiyalanuvchilari sanaladi. Gap shundaki, ularning dadasi butsalarini mixga ilgach, “rossonerilar”ning skauti sifatida faoliyat olib borgan. Shu sababli, bolalari “Milan” akademiyasidagi barcha yosh toifasidagi bolalar jamoasida to‘p surgan. Pyerning Emerikning akalaridan biri Andrey Shevchenko bilan jamoadosh bo‘lgan va YECHLda zafar quchgan.

 

Uilam-Fils Obomeyang


 

Uilams-Fils bugungi kunda 33 yoshni qarshi olgan. U oilada o‘rtancha farzand. Qahramonimiz 2016-yilda butsalarini mixga ilgach, aytarli bir yumush bilan shug‘ullanayotgani yo‘q.

 

O‘rtancha o‘gil 2005-yilda “Milan”ning yoshlar jamoasida ko‘rinish beradi. Pozitsiyasi o‘ng qanot himoyachisi bo‘lgani bois, klub yosh futbolchiga atigi bir bor maydonga tushishi uchun imkon beradi. Kubog uchrashuvida “Kataniya”ga qarshi o‘yinda debyut qilgan Uilamning jamoasi mag‘lub bo‘ladi. Murabbiy esa, futbolchidan umidi uzadi va uni ijaraga jo‘natib yuboradi. Keyin “Avelino”, “Mons”, “Eypen” singari klublarda top tepdi va 2011-yilda erkin agent sifatida Shotlandiyaning “Klimanrok” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. E’tiborlisi shundaki, qahramonimiz 6 ta o‘yinda Gabon milliy jamoasi sharafini himoya qilgan.

 

Katalin Obomeyang


 

Ushbu maqolamizning asosiy qahramoni bilan tanishing. U Obomeyanglarning kattasi. Katalin Yevropaga ko‘chib kelganida 1 yoshda edi. Katalin professional futbolchilikni “Redjina” safida boshlagan chap qanot himoyachisi 2000-yilda “Milan” a’zosiga aylanadi. Tan olish lozim, Katalin juda ko‘p klublar sharafini himoya qilgan va ularning 80 foizi haqida siz eshitmagansiz. Shunga qaramay, u qo‘lga kiritgan sovrinlar borasida istalgan yulduz futbolchi bilan bahslashishi mumkin. Italiya Kubogi va YECHL sovrini so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Katalin naqd 6 yil davomida “rossonerilar” sharafini himoya qildi. O‘zining debyut uchrashuvini 2001-yilda UEFA kubogi doirasida BATEga qarshi o‘tkazadi. 2002/03-yilgi mavsumda YECHL doirasida “Deportivo”ga qarshi uchrashuvda 5 daqiqa to‘p surgani bois, yakunda UEFA unga ham oltin medalni taqdim etadi. “Milan” YECHL finalida Turinning “Yuventus” jamoasini penaltilar seriyasida mag‘lub etgani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa, ajab emas. O‘sha final uchrashuvidan 14 yil o‘tib, Katalin butsalarini mixga ilganini rasman e’lon qildi. Bugungi kunda u ukasi bilan Londonda istiqomat qilmoqda.

To‘g‘rirog‘i, Obomeyanglar oilasi to‘liq xolda Londonda istiqomat qiladi. Uch aka-uka o‘rtasidagi aloqalar juda yaxshi. Ularning ijtimoiy tarmoqlardagi birga tushgan suratlarini tez-tez uchratishingiz bejiz emas.

 

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 16:29, 20.06.2020.
O'qildi: 8686 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.