Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Xayrulla Hamidov: "Liverpul" qaytmoqda — futbol qaytmoqda"

Xayrulla Hamidov: "Liverpul" qaytmoqda — futbol qaytmoqda"

Baho:
+ | -

Taniqli sport sharhlovchisi Xayrulla Hamidov bugun tunda bo‘lib o‘tadigan "Everton" — "Liverpul" uchrashuvi haqida fikr bildirdi:

"Mersisaydliklar sog‘inib kutgan onlar yaqinlashmoqda. Bugun “Gudison park”da azaliy raqib bilan hisob-kitob o‘yini. Lekin "Liverpul" derbisida shahar bilan nomdosh klub g‘alaba qozongan taqdirda ham Klopp yigitlari chempion bo‘la olishmaydi, yana bir tur kutishga to‘g‘ri keladi. Aslida, hozirda o‘sha o‘ttiz yil sog‘inilgan g‘alabadan ko‘ra uni kutish, har bir o‘yinini kuzatish zavqliroq tuyulmoqda.

APLning har bir o‘yini bu mavsum go‘yo “Liverpul” uchun xizmat qilayotgandek. Zotan, yaqinginada pandemiya tufayli hammasi yo‘q bo‘lishi ham mumkin edi. Fransiyaga o‘xshab APLni to‘xtatsinlar edi, orziqib kutilgan chempionlik sarobga aylanardi yo chempion deb topishsa, xeyterlariga gap topilardi. Bu variant barchasini o‘z joyiga tushirdi. Jamoa haqli ravishda chempion bo‘ladi. Mayli, muxlislar bilan nishonlamasin, mayli, futbolchilarning o‘zlari-da shodliklarini baham ko‘rishmasin, ammo manzil “Liverpul”niki. Muhimi shu.

Bugun “Liverpul” qaytyapti, demakki, Yevropa futbolini rosmana qaytdi deb hisoblaymiz. Tag‘in bu restart derbidagi o‘yin bilan, vah-vah! Karlo Anchelotti “Napoli”da ushbu klubni to‘xtatib ko‘rsatgan edi, tumanli Albionda yirik hisobda yengildi. Ammo o‘sha uchrashuvdan so‘ng ancha suvlar oqdi, “Everton” so‘nggi daqiqagacha o‘ynashni o‘rgandi, himoyani tartiblab oldi va Risharlison misolida qahramonlik gollarini kiritishni boshladi.

Darvoqe, yaqinda braziliyalik hujumchi Virdjil van Deykni dunyoning eng zo‘r himoyachisi emasligini aytdi. “Uni men aldab o‘tganman, van Deykdan yaxshiroq himoyachilar bor dunyoda. Misol uchun Tyago Silva, Markinyos va Serxio Ramos”, deb aytgan Risharlison. Kloppga bu intervyuni yetkazgan bo‘lishsa kerak.

Ko‘ramiz, 23:00da Futbol tv telekanalida boshlanadigan o‘yinni o‘tkazib yubormang!

Ular qaytishmoqda!"

Manba: https://t.me/xayrulla_hamidov
Kiritildi: 20:11, 21.06.2020.
O'qildi: 4053 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик