Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Superliga. «Metallurg»ning safardagi g‘alabali seriyasi davom etadi

Superliga. «Metallurg»ning safardagi g‘alabali seriyasi davom etadi

Baho:
+ | -

Superliganing 5-turi doirasida "Andijon" o‘z uyida "Metallurg"ni qabul qildi.

Uchrashuv mezbonlarning keng front bo‘ylab hujumlari bilan boshlandi. “Metallurg” bu holatni oldinda kutgan edi. Shuning uchun ham qariyb o‘n daqiqacha asosiy e’tibor himoyaga qaratildi. Juda uyushqoqlik bilan o‘ynagan Andrey Shipilov shogirdlari dastlabki daqiqalardagi tazyiqdan ustamonlik bilan chiqib ketishdi. Asta sekin o‘yin tenglashdi. To‘p nazoratini qo‘lga olgan hamshaharlarimiz o‘z mahoratlarini namoyish eta borishdi va birinchi bo‘limning ikkinchi qismiga kelib mezbonlarni ortga chekinishga majbur etishdi.

Uchrashuvda hisob 36-daqiqada ochildi. “Metallurg” o‘ng qanotdan chiroyli qarshi hujumni amalga oshirdi. Shahzodbek Ubaydullayev to‘pni jarima maydoniga uzatib berdi. Himoyachilardan qaytgan to‘pni Ismatullayev egallab oldi va qulay vaziyatda turgan Andreevga tashladi. Stanislavning kuchli zarbasidan so‘ng to‘p himoyachiga, so‘ngra darvozabonning qo‘liga tegib, to‘sin tagidan to‘rga borib tushdi.

Birinchi bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan soniyalar yakunlanib borayotgan bir paytda esa qarshi hujumda penalti ishladik. Bu standart vaziyatdan ham Stanislav Andreev unumli foydalandi – 0:2.

Ikkinchi bo‘limni mehmonlar juda xotirjamlik bilan boshlashdi. Ikkita to‘p farqi “Metallurg” futbolchilarining o‘z kuchlariga bo‘lgan ishonchini yanada oshirgandi. Mezbonlarning esa taym boshida bir yo‘la uch nafar futbolchisini almashtirishi ham yordam bermadi. To‘p nazorati bekobodliklar tomonida bo‘ldi. Mezbonlarning farqni qisqartirishiga nisbatan mehmonlarda farqni oshirish imkoniyati ko‘proq bo‘ldi. Har ikkala murabbiy ikkinchi taymda o‘yinchilarni almashtirish imkoniyatidan maksimal foydalanishdi. Tajribali futbolchilarimiz esa g‘alabani saqlab qolishdi.

Coca Cola Superliga. 5-tur.
“Andijon” – “Metallurg” – 0:2 (0:2).
Andijon shahri. “Sog‘lom Avlod” stadioni. 21 iyun 2020 yil.
Gollar: Stanislav Andreev (36, 45+1)
"Andijon": 1. Aslan Ahrorov, 3. Azamat Isroilov (9. Emmanuel Arivachuka, 46), 4. Farhod Mirahmatov, 5. Xushnud Avilov (77. Jahongir Abduvaliyev, 74), 7. Jamshid Hasanov, 8. Farhod Bekmuratov, 11. Siroj Meliyev (14. Ibe Okoro, 46), 17. Abdulloh Olimov (70. Nodir Mavlonov, 68), 22. Usmonali Ismonaliyev, 23. Timur Usmanov (10. Artem Litvyakov, 46), 88. Dmitro Zozulya.
"Metallurg": 12. Aleksandr Lobanov, 5. Abbos Otaxonov, 7. Doniyor Narzullayev, 8. Salamat Quttibayev (20. Xudoyshukur Sattrov, 65) 10. Shahzodbek Ubaydullayev (15. Zohid Abdullayev, 65), 21. Kamoliddin Tojiyev, 23. Abdurahmon Abdulhaqov (14. Abrorbek Toshqo‘ziyev, 64), 27. Ixtiyor Toshpo‘latov, 28. Stanislav Andreev, 88. Yevgeniy Chumak (77. Muhammad Isayev, 83).
Hakamlar: Ravshan Abduvohidov, Zufar Eliboyev, Farhod Usmonov, G‘ayrat Jo‘rayev.
Nazoratchi: Igor Nexochin.
Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov

Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 21:46, 21.06.2020.
O'qildi: 3347 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик