Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Lionel Messi 33 yoshga to‘ldi

Lionel Messi 33 yoshga to‘ldi

Baho:
+ | -

"Barselona" klubi va Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi bugun — 24 iyun kuni 33 yoshga kirdi.

Leo 1987 yilda Argentinaning Rosario shahrida tug‘ilgan. U "ko‘k-anorranglilar" va "albiseleste" tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.

U "Barsa" safidagi quyidagi sovrinlarni qo‘lga kiritgan:

Ispaniya chempioni — 10 marta;
Yevropa chempionlar ligasi — 4 marta;
Ispaniya kubogi — 6 marta;
Ispaniya superkubogi  — 8 marta;
Yevropa superkubogi  — 3 marta;
Klublar o‘rtasidagi jahon chempioni  — 3 marta.

Messi 6 martadan "Oltin butsa" (2010, 2012, 2013, 2017, 2018, 2019) va "Oltin to‘p" (2009, 2010, 2011, 2012, 2015, 2019) sovrinlarini qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot o‘rnida. Kecha Lionel "Barsa" safida barcha musobaqalar doirasida 250-assistni amalga oshirdi. Kataloniyaliklar safida uning gollari soni 699taga yetgan.

Lionel Messi va uning muxlislarini tavallad ayyom bilan tabriklaymiz.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 12:40, 24.06.2020.
O'qildi: 4037 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик