Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

«Qo‘qon-1912» - «Surxon». O‘yin oldidan muhim faktlar

«Qo‘qon-1912» - «Surxon». O‘yin oldidan muhim faktlar

Baho:
+ | -

Har bir sohada boshlang‘ich nuqta ko‘p narsani belgilab beradi va jarayon davomi mana shu ilk qadamga bog‘liq. Superliga 6-tur starti Qo‘qon shahrida bo‘ladi. Tur kayfiyatini belgilab beradigan o‘yinda ikki kuchli jamoa «Qo‘qon-1912» va «Surxon» o‘zaro bahs olib boradi.

Bu turning, shubhasiz, murosasiz bahslaridan bo‘ladi. Sababi, «Qo‘qon-1912» ketma-ket o‘z maydonida ikkinchi g‘alabani qo‘lga kiritishga intilsa, «Surxon» futbolchilari, aksincha, ketma-ket ochko yo‘qotmaslik uchun borini berishi aniq.

O‘yinning ahamiyati
- «Qo‘qon-1912» jamoasi musobaqa jadvalida 9 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari «Metallurg» va «Bunyodkor»dan mag‘lub bo‘lishdi, «Buxoro», «So‘g‘diyona» va «Qizilqum»ga qarshi o‘yinlarda jamoa zafar quchdi. «Qo‘qon-1912» ushbu o‘yinda g‘alaba qozonsa, musobaqa jadvalidagi o‘rnini saqlab qolish bilan birga, yuqorilashi ham mumkin.

- «Surxon» hozircha 4 ochko jamg‘ardi. Termizliklar «Qizilqum»ni mag‘lub qilib, «Mash’al» bilan murosa ko‘chasini tanlashdi. «Bunyodkor», «Nasaf» va AGMKga imkoniyat boy berildi.

Bahrom Haydarov shogirdlari restartdan so‘ng hozircha g‘alaba qozona olishmadi. Taqvim esa yana bir kuchli raqibni ro‘baro‘ qildi. Shunga qaramay «Surxon» futbolchilari ushbu o‘yinda ijobiy natija uchun intiladi. Yana bir mag‘lubiyatni surxondaryolik muxlislar kechirmasligi mumkin.

Nomlar

Bahrom Haydarov «Neftchi»da ishlab yurgan vaqtlari ko‘p bor «Qo‘qon-1912»ga qarshi o‘yin o‘tkazgan. Bu gal Haydarov «Surxon» bilan «Markaziy»ga kelmoqda. Raqib jamoa bosh murabbiyi esa Baxtiyor Ashurmatov. Ashurmatov – Haydarov raqobatida kim kuchliroq???

- «Qo‘qon-1912»da asosiy yetakchi Murod Xolmuhammedov. Sardor joriy mavsum 3ta gol urdi. Quvondiq Ro‘ziyev, Filip Rayevats, Sardorbek Azimov, Otabek Haydarov, Aleksandr Merzlyakov va Sobit Sindarov 1tadan gol mualliflari bo‘lishgan.

- «Surxon» tarkibida tajribali futbolchilar yetarlicha: darvoza, himoya, yarim himoya va hujumda ham. Aslida termizliklar bu tarkib bilan medallar uchun kurashishi lozim. Ammo hozircha natijalar maqtagulik emas.

«Surxon»da Aleksandr Kasyan 2ta gol urgan. Aziz Ibragimov, Sherzod Karimov, Sardor Sulaymonov va Husniddin G‘ofurovda 1tadan gol bor.

Hozircha, kamina Zuhriddin Qilichev joriy mavsum «Qo‘qon-1912» va «Surxon» jamoalari ishtirokidagi uchrashuvlarda ishlamagandim. Oldindagi muhim bahsda ikki jamoadan ham yuqori darajadagi futbol, futbolchilardan esa chiroyli gollar kutib qolaman!!

Vaqt
O‘zbekiston Superligasi 6-turni boshlab beradigan o‘yin 25 iyun soat 18:15ga belgilangan (yozning o‘rtasida 6da futbol o‘ynash oson emas). Uchrashuv «Sport» telekanalida jonli efirda namoyish qilinadi. Jamoalarga omad tilaymiz!

Manba: http://t.me/zuhriddin_qilich
Kiritildi: 16:04, 25.06.2020.
O'qildi: 2426 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.