Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Jinoyat kodeksi kelishilgan o‘yinlarga aloqador yangi modda bilan to‘ldiriladi

Jinoyat kodeksi kelishilgan o‘yinlarga aloqador yangi modda bilan to‘ldiriladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Jinoyat va Jinoyat-prosessual kodekslarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-prosessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi quyidagi mazmundagi 185-3-modda bilan to‘ldiriladi:

“185-3-modda. O‘yinga yoki uning natijasiga ta’sir o‘tkazish maqsadida kelishilgan o‘yinlar o‘tkazish va ularda ishtirok etish

Sport o‘yinlari jarayoni yoki uning natijasiga noqonuniy ta’sir o‘tkazish maqsadida sportchi, sport hakami, treneri, sport jamoasi rahbari, boshqa ishtirokchi yoki rasmiy sport musobaqasi tashkilotchisi, shu jumladan, ularning rahbar va mutaxassis xodimlariga moddiy qimmatliklar berish, mulkiy manfaatdor etish orqali yoki boshqa tarzda kelishilgan o‘yinlarni tashkil etish yoki ularda ishtirok etish — bir yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorida jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Rasmiy sport musobaqasi jarayoni yoki uning natijasiga noqonuniy ta’sir o‘tkazish maqsadida sportchi, sport hakami, treneri, sport jamoasi rahbari, boshqa ishtirokchi yoki rasmiy sport musobaqasi tashkilotchisi, jumladan, ularning rahbar va mutaxassis xodimlari tomonidan moddiy qimmatliklar olish, mulkiy manfaatdor bo‘lish yoki boshqa tarzda kelishilgan o‘yinlarni tashkil etish yoki ularda ishtirok etish — bir yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorida jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ayni harakatlar:

a) takroran yoki xavfli residivist tomonidan;

b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa — uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Basharti moddiy qimmatliklar bergan yoki mulkiy manfaatdor etgan shaxsga nisbatan moddiy qimmatliklar yoki mulkiy manfaat so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda o‘ttiz sutka ichida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi”.

Sakkizinchi bobdagi “Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yin” atamasidagi “kazino” so‘zidan keyin “bukmekerlik” so‘zi bilan to‘ldiriladi.

Kiritildi: 13:46, 26.06.2020.
O'qildi: 3721 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.