Belarus chempionatida birinchi davra o‘yinlari yakuniga yetmoqda. 15-tur doirasida «Energetik-BGU» o‘z uyida «Slaviya»ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 4-daqiqasida Jasur Yaxshiboyev hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo 26-daqiqada mezbonlar hujumchisi Bakich maydondan chetlatildi.
Shunga qaramay, "talabalar" ikkinchi bo‘limda raqib darvozasiga 4 marta yo‘l topishdi. Tve o‘z hisobiga bitta gol yozgan bo‘lsa, 50-daqiqada Shahboz Umarovning o‘rniga maydonga tushgan Sovpel ham "dubl"ni rasmiylashtirdi.
Shu tariqa, «Energetik-BGU» birinchi davrani yirik hisobdagi g‘alaba bilan yakunladi. Jamoa o‘z ochkolarini 26taga yetkazib, jadvalda vaqtinchalik bo‘lsada 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Yaxshiboyevning gollari soni esa 9taga yetdi.
Belarus chempionati, 15-tur
Energetik-BGU – Slaviya 5:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 4 Yaxshiboyev, 2:0 – 47 Tve, 3:0 – 58 Yaxshiboyev, 4:0 – 70 Sovpel, 5:0 – 90 Sovpel.
Energetik-BGU – Sadovskiy, Mavatu, Yudchis (Girs, 56), Miroshnikov, Svirepa, Bakich, Nosko, Tve (Musaxanyan, 86), Umarov (Sovpel, 51), Yaxshiboyev, Shkurdyuk.
Slaviya – Romanyuk, Rayevskiy, Malkevich (Tettex, 56), Timonyuk, Shevchenko (Anufriyev, 62), Juk, Narx (Slyusar, 37), Pantya, Kostrov, Nedashkovskiy, Melnikov.
Ogohlantirishlar: Kostrov (24), Yaxshiboyev (39).
Chetlatish: Bakich (26).