Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Muhsin Muhammadiyev: «Nasaf» bugun bizdan ustun edi»

Muhsin Muhammadiyev: «Nasaf» bugun bizdan ustun edi»

Baho:
+ | -

Superliganing 6-turi doirasida «Nasaf» va «Buxoro» jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bellashuvdan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Muhsin Muhammadiyev qatnashdi.

“Bugun qiyin bellashuv bo‘ldi. «Nasaf» ajoyib jamoa. Ular bugun bizdan ustunlik qilishdi, o‘yinni nazorat qilishdi va ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratishdi.

Bizning yigitlarga rahmat aytmoqchiman. Ko‘rsatmalarni to‘liq bajarishdi, oxirigacha sabr qilishdi. «Nasaf» Superliga restartiga bizdan ko‘ra ko‘proq tayyorgarlik olib bordi.

Bizda esa bunday sharoit va imkoniyat bo‘lgani yo‘q. O‘yindan oldin tarkibimizda yo‘qotish mavjud edi. Behruz Shodmonov jarohat olib safdan chiqdi, bu achinarli.

Yana bir bor yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Ular oxirigacha kurashishdi. Safarda bir ochko ishlaganimizdan xursandmiz. Jamoamizdagi legionerlar pandemiya boshlanishidan oldin yurtlariga ketishgan. Hozirda yetib kela olishmaydi.

O‘tgan yili «Nasaf»ni Qarshida yutgan edik. Bu safar durang qayd etdik. Maqsadimiz o‘yinimizni kuchaytirish. Biz uchun har bir o‘yin finalga teng”, — dedi Muhsin Muhammadiyev.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 05:56, 27.06.2020.
O'qildi: 2121 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.