Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Bunyodkor" safida to‘p tepaman deb o‘ylamagan edim"

Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Bunyodkor" safida to‘p tepaman deb o‘ylamagan edim"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 6-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" hamda "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda "qaldirg‘ochlar" safida yosh himoyachi Ibrohimhalil Yo‘ldoshev debyut qildi. Himoyachi saytimiz uchun bergan intervyusida debyut uchrashuvi haqida to‘xtaib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, "Bunyodkor" futbolchini "Paxtakor"dan mavsum so‘nggiga qadar ijaraga olgan.

"To‘g‘risini aytaman, umuman kun kelib "Bunyodkor" safida to‘p tepaman deb o‘ylamagan edim. "Qaldirg‘ochlar" safidagi debyut o‘yinimni o‘tkazdim, bundan xursandman. "Paxtakor"ga uchralgan mag‘lubiyatdan keyin, "Lokomotiv"ga qarshi o‘yin oldidan jamoaga katta ma’sulit yuklatilgan edi. Nima qilib bo‘lsa ham bu o‘yinda g‘alaba qozonishimiz shart edi va buni uddaladik. Birinchi o‘yinim bo‘lgani uchun boshida biroz hayajonlandim, 15-20 daqiqadan keyin hammasi o‘tib ketdi.  

"Paxtakor"dan "Bunyodkor"ga o‘tishi haqida 

"Bunyodkor" taklifini qabul qilishimda qiyinchilik bo‘lmadi. Sababi men "Paxtakor" safida yoshlar ligasida harakat qilayotgandim. Bu yerda esa asosiy jamoada o‘ynayapman. Bu men uchun ham ,o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotganim sababli "Paxtakor"ga ham foyda bo‘ladi.

Raqib "Lokomotiv" haqida

"Raqibga to‘xtaladigan bo‘lsak, hamma biladi "Lokomotiv" O‘zbekistonning nomdor jamoalaridan biri hisoblanadi. Birinchi bo‘limda ular yaxshiroq qarshilik ko‘rsatishdi, tengma-teng kurashlar bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda esa biz o‘yinni kuchaytirdik, to‘p nazoratini qo‘lga oldik va bundan foydalanib ikkinchi golni kiritdik. Raqib safida zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar sal bo‘lsa ham o‘yinni kuchaytira olishdi deb o‘ylayman".

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:40, 29.06.2020.
O'qildi: 4657 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.