«Barselona» rahbarlari — jamoa prezidenti Jozep Mariya Bartomeu, bosh direktor Oskar Grau, sport ishlari bo‘yicha vise-prezident Erik Abidal klub bosh murabbiyi Kike Setyenning uyiga tashrif buyurishdi.
Mundo Deportivo tarqatgan xabarga ko‘ra, uchrashuv davomida suhbat asosan La liganing hal qiluvchi o‘yinlari va Chempionlar ligasining pley-off bosqichi haqida ketgan. Rahbariyat murabbiyni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan. Shuningdek, «Barselona» 30 iyun kuni «Atletiko»ga qarshi mavsumning eng muhim bahsini o‘tkazishi haqida barcha yakdil fikr bildirgan.