Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Orif Tolipovdan anons: Turindagi «razvedka»

Orif Tolipovdan anons: Turindagi «razvedka»

Baho:
+ | -

Siz "Lasio"ni kuzatayapsizmi?

Bunday savol bilan boshlaganim bejiz emas. Axir, “Lasio” alohida kuzatiladigan, millionlab muxlislarga ega klub emas O‘zbekisonda. Yoshi kattalar orasida uning o‘yiniga befarq bo‘lmaganlar topiladi, albatta. Asrlar almashinuvida bu klub Italida birinchilar qatorida edi. 99/00 yildagi chempionlik tarkibi haqiqatdan kuchli edi. Yaqin-yaqingacha o‘zim Angliya terma jamoasidagi faoliyati bilan tanib boshlagan Sven-YOran Eriksson aynan nima xizmatlari uchun bolaligim davridagi eng baobro‘ murabbiylaridan biri ekanini bilmasdim. Aynan shved Rimda o‘sha zamon kichik JCH deb ta’riflanadigan Italiya chempionatini yutolgan jamoani shakllantirgandi.

Darvozabon: Luka Markedjani
Himoyachilar: Paolo Negro, Alessandro Nesta, Sinisha Mixaylovich, Djezeppo Pankaro
Yarim himoyachilar: Diyego Simeone, Xuan Sebasyan Veron, Serjio Konseysau, Pavel Nedved
Hujumchilar: Marselo Salas

Bu tarkibdagi birini atayin tushurib qoldirdimki, u haqda quyida gaplashamiz. Chunki, u bilan nafaqat “Lasio”ning so‘nggi oltin davri va balki, bo‘lajak oltin davri ham bog‘liq bo‘lar.
 
Simone Indzagi

Futbolchi sifatida aka-uka Indzagilar orasida katta ehtimol Filippo ko‘proq mashhur. U ajoyib hujumchi edi. Bunaqasini hozir ham topish qiyin. Ammo, murabbiylik borasida hozir Simone akasidan ko‘ra balandroq mavqeda. “Pipogol” bugungi ish joyi bo‘lgan “Benevento” bilan A seriyaga chiqayotgan bir paytda, ukasi bu yerda “Yuventus” gegemonligiga nuqta qo‘yishga urinib kelmoqda. Ha, restartdan keyin, ayniqsa “Atalanta”ga qarshi o‘yindan so‘ng, buning uctiga “Yuve”ning o‘ta ishonchli harakatlarini ko‘rib bu urinish bekor ketadigandek tuyulmoqda. O‘zim ham shunday fikrda edim. Biroq, o‘tgan turda “Fiorentina”ga qarshi ilk golni o‘tkazib, keyin kambek qilgan “Lasio” nega endi hali 10 tur (!) uchrashuvlari bor chempionatda urinib ko‘rmasin. Hali imkon bor.

Simone hujumni sevuvchi jamoa shakllantirgan. Uning va Eriksonning “Lasio”si farqli menimcha. Bu mavsumda 28 o‘yinda raqiblar darvozasini 64 bor ishg‘ol qilgan rimliklar bu borada umuman o‘zga sayyora vakillaridek o‘zini tutayotgan “Atalanta”dan so‘ng ikkinchi natijaga egalar. Eng muhimi va bugun “Lasio”ning aytaylik o‘sha “Atalanta”dan yuqoriroqda borishiga sabab, bu chiziqlardagi muvozanat. Ya’ni, a’lo hujum, yaxshi markaz va normal himoya. Hech qaysi nuqta keskin oqsamaydi Indzagi klubida.

Immobile esa shu ketishda klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yhatining beshligiga joriy mavsumdayoq kiradi. Chempionatda u bu safar 28 o‘yinda 28 gol urib yakka peshqadam to‘purarlar bahsida.

Bugun shu “Lasio” “Tarino”ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Safarda. Bu bir repititsiya. 20 iyul kuni Italiyada ko‘p ehtimol chempionlik o‘yini bo‘lib o‘tadi – “Yuventus”-“Lasio”. Undan avval esa bu shaharni o‘rganish, “razvedka” ishlarini olib borish va albatta havosini his qilib olish kerak. Bir his qilamiz!

Futbol TV
Soat 22:30
“Torino”-“Lasio”

Orif Tolipov

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 21:53, 30.06.2020.
O'qildi: 3059 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.