Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Rasman. «Bavariya» «PSJ» yarim himoyachisini tekinga qo‘lga kiritdi

Rasman. «Bavariya» «PSJ» yarim himoyachisini tekinga qo‘lga kiritdi

Baho:
+1 | -

"Pari Sen-Jermen" klubining 18 yoshli futbolchisi Tangi Kuassi "Bavariya" bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda myunxenliklar rasmiy xabar tarqatdi.

Germaniyaliklar universal futbolchini bepul qo‘lga kiritishdi. Parijliklar Kuassini o‘z saflarida olib qolish uchun yanvar oyidan boshlab harakat qilishdi. Ammo yarim himoyachi "PSJ" bilan professional shartnoma imzolashdan bosh tortdi. "Bavariya" xuddi shunday uslub bilan Kingsli Komanni qo‘lga kiritgan edi.

Tangi joriy mavsumda "PSJ" safida barcha musobaqalar doirasida 15ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi. Kuassi yanvar oyida parijliklarning YECHLda o‘ynagan eng yosh futbolchisiga aylangan bo‘lsa, u Fransiya chempionati doirasida "dubl"ga ("Amyen"ga qarshi o‘yinda — 4:4) erishgan eng yosh o‘yinchi bo‘ldi.

Transfermarkt Tangi Kuassini 11 mln yevroga baholagan. "PSJ" esa uni tarbiyalagani uchun, FIFA qoidalariga muvofiq, 300 ming yevro mablag‘ oladi, xolos.

Manba: ua-football.com
Kiritildi: 16:25, 01.07.2020.
O'qildi: 7339 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик