Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Mirjalol Qosimov: "G‘alabani muxlislarimizga bag‘ishlaymiz"

Mirjalol Qosimov: "G‘alabani muxlislarimizga bag‘ishlaymiz"

Baho:
+ | -

AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov "Nasaf"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlar bilan o‘rtoqlashdi.

— Bir-biriga mos ikkala jamoa jangovor ruhda qiziqarli bellashuvni taqdim etdi. O‘yin tezkorlikda va keskin kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Har ikkala jamoa mazkur bahsga qadar mag‘lubiyatsiz keldi. Bu ham o‘yin ahamiyatini oshirdi. Muhim va turning markaziy bellashuvida kerakli g‘alabani qo‘lga kiritdik. "Nasaf" doimgidek yaxshi shakllangan jamoa. Qarshidagi akademiya bir tekisda ishlamoqda va doim iqtidorli yoshlar tarkibni munosib to‘ldirib turibdi. Ro‘ziqul Berdiyev doim tarkibni yaxshi shakllantirib kelmoqda. Bugungi g‘alabadan xursandman. Qolaversa, bizni oynai-jahon orqali ko‘rib, bizga dalda bo‘lib turgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. O‘yinlarimizni Olmaliqdagi mahalliy AGMK kanalida ham takror uzatishmoqda va ular bizning g‘alabalarimizdan xursand. Bu avvalo jamoamizning mehnati samarasi. Ishqibozlarimizning xursandchiligi va e’tibori jamoamizni yanada ruhlantiradi. Hozirgi pandemiya tufayli karantin davrida ular stadionda kela olishmaydi. Lekin biz ularning qo‘llab-quvvatlovi va daldasini doim his qilib turibmiz. Fursatdan foydalanib, o‘yin boshidan to oxiriga qadar maydonda kurashgan barcha yigitlarga rahmat aytaman. Shuningdek, klubimizga befarq bo‘lmagan barcha insonlarga, rahbariyatga minnatdorchilik bildiraman.

"Nasaf"da Bozorov va Kenjaboyev singari tezkor futbolchilar tushganidan so‘ng maydonga Rahmonov tushirdim. Jo‘rayev esa himoyadan tayanch hududiga chiqdi. Bu orqali himoya va o‘rtani yangiladik. O‘ylaymanki, zaxiradan maydonga tushgan barcha futbolchilar o‘yinda o‘z hissalarini qo‘shib, bir-birlarini maydonda to‘ldirib turishdi.

Igor Zonich jarohatidan forig‘ bo‘lgan. Zonich o‘yinga tayyor. Nega tushmaganiga kelsak, avvalo har bir uchrashuvga raqibdan kelib chiqib tarkib tanlanadi va markazni har o‘yinda almashtirib, rotasiya qilib bo‘lmaydi. O‘tgan o‘yinda ham Jo‘rayev va Yo‘ldoshev tandemi yomon o‘ynamagandi. Mavsum uzun, hali barcha futbolchilar o‘z imkoniyatlarini olishadi va jamoamiz g‘alabalariga o‘z hissalarini qo‘shishadi, degan umiddaman. Masalan, Tursunov ham o‘yin paytda bezovtalandi. Futbolda istalgan payt jarohat bo‘lishi yoki toliqib qolish mumkin. Sanjar Tursunov o‘yinga juda yaxshi kirishib turganida majburiy o‘zgarishni amalga oshirishga to‘g‘ri keldi. Jarohati jiddiy emas. Kelasi o‘yin 7 iyulda va fursat oz. Rotasiya bo‘lishi tabiiy.

Mag‘lubiyatsiz seriyamiz davomli bo‘lsin. Bu bizga ortiqcha bosim yuklashi? Har bir o‘yinga jiddiy yondoshib, maydonga tushganda bor kuchi bilan harakat qilishi lozim. Shunda muvaffaqiyat qozonish oson bo‘ladi. Bugungidek tajovuzkor o‘yinlar hali ko‘p bo‘ladi.  Hech qaysi raqibni piyoda yurib yutib bo‘lmaydi.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 06:30, 03.07.2020.
O'qildi: 3362 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.