Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Andrey Kanchelskis: «Mavsum oxirigacha ishtiyoq bilan o‘ynasak, ijobiy natijaga erishamiz»

Andrey Kanchelskis: «Mavsum oxirigacha ishtiyoq bilan o‘ynasak, ijobiy natijaga erishamiz»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 7-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “So‘g‘diyona” (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis ishtirok etib, o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

— Uchrashuv juda qiyin kechdi. “So‘g‘diyona”ning bizdan bir kun ko‘proq dam olgani ham o‘z so‘zini aytdi. Futbolda esa mayda narsalar bo‘lmaydi.

Yigitlarga maydonda o‘zgacha ishtiyoq va jonkuyarlik bilan o‘ynaganliklari uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Keyingi bahslarda ham shogirdlarimning shunday ishtiyoq bilan to‘p surishlarini tilab qolaman.

Keyingi turda jiddiy raqib bo‘lgan “Bunyodkor”ga qarshi o‘ynaymiz. Mazkur jamoa tarkibida yaxshi futbolchilar o‘ynashadi. O‘tgan yilgi mavsumda “Bunyodkor” jamoamizni ikki marta mag‘lubiyatga uchratgandi. Shu bois, bo‘lajak bahsga bugundan boshlab, jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘ramiz.

Futbol oldindan bashorat qilish qiyin bo‘lgan o‘yin. “So‘g‘diyona” ustozi Ulug‘bek Baqoyevning jamoamiz haqidagi iliq fikrlari uchun rahmat. Baqoyev ham futbolchilik davrida yaxshi o‘ynagan va mahoratli murabbiy. Ammo maydonda biz emas, futbolchilar o‘ynashadi. Agar o‘yinchilarni o‘yinlarga to‘g‘ri yo‘naltira olsak, barchasi yaxshi bo‘ladi.

Yigitlar restartdan keyingi ishtiyoq, jumladan, keyingi bahslarda ham bugungidek to‘p suradigan bo‘lishsa, jamoamiz mavsum yakunida ijobiy natijani qayd etishga qodir bo‘ladi.

O‘zingizga ma’lum, futbol 90 daqiqa o‘ynaladi. Mabodo, futbol o‘yini 45 daqiqa davom etganida, barcha jamoalar, shu jumladan, biz ham 45 daqiqaga tayyorgarlik ko‘rardik. Hozir esa 90 daqiqaga tayyorlanyapmiz. Ha, birinchi bo‘limda, raqibda ko‘proq imkoniyatlar bo‘ldi. Mehmonlar yugurishdi,to‘p uchun kurash olib borishdi. Futbolchilar ko‘p kuch sarflashsa, xatolarga yo‘l qo‘yishni boshlashadi.

Ikkinchi bo‘limda shogirdlarim hujumkorlikni kuchaytirib, 2ta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Umuman olganda, qaysi daqiqada gol urishning farqi yo‘q. Asosiysi to‘p kiritildi va jamoamiz 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Asosiysi, shu.

Ikkinchi davra oldidan tarkib kuchaytiriladimi? O‘sha paytga yetib olaylik, keyin ko‘ramiz. Hozircha tarkibdagi yigitlar bilan o‘ynaymiz. Har kuni pandemiya tufayli yangi xabarlar chiqmoqda.

Jamoamiz tarkibida hali o‘z qobiliyatini to‘liq namoyon etmagan futbolchilar bor. Ularga imkoniyat beraylik, keyin ko‘ramiz.

So‘zim yakunida Xalqaro sport jurnalistlari bayrami bilan barchangizni tabriklayman va ijodiy barkamollik tilayman.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 11:15, 03.07.2020.
O'qildi: 1992 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.